So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

"Neftchi" afsonasi klubga qaytdi Yangiliklar

"Neftchi" afsonasi klubga qaytdi

"Neftchi" afsonasi Abdumajid Toirov Farg'ona jamoasiga qaytdi.

Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati elon qildi.

"Bir vaqtlar "Neftchi" tarkibida himoyachi ampluasida to'p surib, muxlislar etiborini qozongan Abdumajid Toirov yana "Neftchi"ga qaytdi. U yoshlar bilan ishlash tizimi rahbari hamda U19 va U21 jamoalari koordinatori sifatida faoliyat yuritadi. 


Malumot uchun, Abdumajid Toirov 1974-yil 5-avgust kuni  Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Futbolchi sifatida 21 yoshida O'zbekiston oliy ligasida debyutini 1996-yili ASK (Termiz) klubida boshlagan.Futbolchi klub bilan to'rt mavsumni o'tkazdi va 60 ta o'yinda ishtirok etdi. 2000-yilda esa u o'sha davrning eng kuchli klublaridan biri – Farg'onaning „Neftchi“ jamoasiga o'tib, 6 mavsum davomida 160 dan ortiq o'yinda maydonga tushdi. 2001-yilda mamlakat chempioni va to'rt karra kumush medali sovrindori, uch karra O'zbekiston kubogi finalchisi bo'lgan.


Abdumajid Toirov yoshlar bilan ishlashda bor mahoratini ishga solib, quvonchli natijalarga erishadi, deb umid qilamiz" - deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика