So’nggi yangiliklar

04:25Александр Хомяков: "Аламли мағлубиятни қабул қилиб олдик"  3 04:06Февзи Давлетов: "12 та бурчак зарбаси ижро этди, 20 га яқин зарбалар бердик, аммо вазиятдан фойдаланиш борасида оқсадик"  0 03:45"Барселона" финалдаги супер ўйинда "Реал"ни камбэк эвазига мағлуб қилди!  332 03:22Асрор Алиқулов: "Рақиб ҳимояланишимизга мажбур қилди"  0 03:05Баҳром Ҳайдаров: "Бизга натижа чиройли ўйиндан кўра муҳимроқ эди”  0 02:34Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" қийинчиликсиз ярим финалга йўл олди  20 00:38"Бавария" футболчисини 40-50 миллионга сотмоқчи  0 00:16Сиссе "Реал" ва ҳакамлар танқиди ҳақида: "Улар "Барса"дан қўрқишади ва ўзларини оқлаш учун баҳона қидиришади. Бу мағлубият учун тактикадир"  11 23:48"Барселона" — "Реал". Испания кубоги финали учун таркиблар маълум  22 23:32РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Спартак"ни мағлуб этди, Файзуллаев 72 дақиқа ўйнади  19 23:14Англия кубоги. "Кристал Пэлас" "Астон Вилла"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, финалга йўл олди. Лондонликлар финалда "Ноттингем Форест" — "Ман Сити" жуфтлиги ғолиби билан бош соврин учун баҳс олиб боради  5 23:00Рафинья Саудия Арабистонидан келган таклиф ҳақида: "Мен уни ўтган йили қабул қилган бўлардим. Ўшанда руҳан эзилган эдим, бу пуллар эса оилам ҳаётини бутунлай ўзгартириб юборган бўларди"  2 22:23Ҳаким Фузайлов: "VAR тизими кечикаётгани туфайли, тахминан июнь ойларида Урганчга қайтамиз"  0 22:14Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Андижон" устидан зафар қучди  64 22:02"Челси", "Интер Майами" ва "Комо" Де Брюйне билан музокара ўтказмаяпти. "Сити" хавбекига "Чикаго Файр"дан таклиф бор  0

"Barselona" finaldagi super o'yinda "Real"ni kambek evaziga mag'lub qildi! Yangiliklar

"Barselona" finaldagi super o'yinda "Real"ni kambek evaziga mag'lub qildi!

Ispaniya Kubogi finali matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Uchrashuv 01:00da start oldi.

"Barselona" - "Real" 3:2

Gollar: Pedri (28), Ferran Torres (84), Jyul Kunde (116) - Kilian Mbappe (70), Orelen Tchuameni (77). 

"Barselona": 25. Voycex Шensni - 2. Pau Kubarsi, 5. Inigo Martines, 23. Jyul Kunde, 35. Jerar Martin (4. Ronald Arauxo, 85) - 8. Pedri (24. Erik Garsiya, 98), 11. Rafinya, 19. Lamin Yamal, 20. Dani Olmo (24. Fermin Lopes, 65), 21. Frenki De Yong (6. Gavi, 85) - 7. Ferran Torres (18. Pau Viktor, 115).

"Real": 1. Tibo Kurtua - 17. Lukas Vaskes (10. Luka Modrich, 55), 22. Antonio Ryudiger (16. Endrik, 110), 23. Ferlan Mendi (20. Fran Garsiya, 12), 35. Raul Asensio - 5. Jud Bellingem, 8. Federiko Valverde, 14. Orelen Tchuameni, 19. Dani Sebalos (15. Arda Gyuler, 55) - 7. Vinisius Junior (21. Brahim Dias, 89), 11. Rodrigo (9. Kilian Mbappe, 46).

Ogohlantirish: Tchuameni (31), Jerar Martin (37), Frenki de Yong (68), Luka Modrich (90), Fermin Lopes (90+4), Rafinya (90+10), Jud Bellingem (107).

Chetlatish: Antonio Ryudiger (120+3).

YANGILAШ

Uchrashuv yakunlandi! Remontada bu safar "Barselona"ga ishladi. Tarixdagi eng zo'r klasikolardan biri bo'ldi. Kimdir uxlavorib, o'yinni ko'rmagan bo'lsa, alam qilishi aniq. "Barselona" - Ispaniya Kubogining 31 karra sohibi!


120+4. Anchelottining qoshi ko'tarilgan. Kambek bo'larmikin)

120+2. Mbappe hujumga o'tayotganda raqibini urib yuborgani uchun fol berildi. Zaxiradagi Antonio Ryudigerga qizil kartochka berildi.

O'yinga 2 daqiqa qo'shildi. Hali vaqt bor.

118. UXXXXXXXXXX!!!!! Mbappe yana penalti ishlagandi, ofsayd "Barselona"ni yana qutqardi. Bosh hakam penaltiga ishora qilib bo'lgandi. Qoyil!

116. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! KUNDEEEEEEEEE!!! Nimalar bo'lib ketdi!!! Modrich xato qildi, "Barsa" bundan foydalanib ketdi.

115. UXXXXXXX! "Barselona" tez bo'lmasa-da, qarshi hujumga o'tib ketdi. Rafinyaning pasini Fede qaytardi. Fededan boshqa hech kim yo'q ekan o'zi.

114. Arda Gyuleeerrr!! U qanotini yondirib tashlamoqda. Uning uzatmasini himoyachilar qaytarib qolishdi.

113. Bellingeeeemmmm!!! Gyulerning juda chiroyli uzatmasidan keyin Bellingem boshi bilan zarba yo'llay olmadi. Kunde Judga halaqit qila oldi.

112. UXXXXXX!! Gavi "Real" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va hujumdagi Torresga to'pni oshirdi. Valverde xavfni bartaraf qildi.

110. Endrik o'yinga qo'shilmoqda. Qoyil, Ryudiger o'yindan olindi.

107. UXXXXXX!! Fermin qulay imkoniyatdan zarba bera olmadi. U maydonda toyib yiqildi.

106. UXXXXXXX!! Fermin gol urgandi. Biroq ofsayd sababli gol inobatga olinmadi.

105. Ikkinchi ekstra bo'lim boshlandi.

Birinchi ekstra bo'lim yakuniga etdi.

104. ZARBAAAAAAA!! Yamalning pasidan keyin Ferran o'tkirroq burchakdan darvozaga zarba berdi. Biroooozz noaniq.

100. "Barsa" pozicion hujum uyushtirishga harakat qildi. Fermin "Real" jarima maydonchasiga kirdi, himoyachilardan o'ta olmadi.

97. UXXXXXXX!! Yamalning trivela pasi Valverde tomonidan qaytarildi.

95. "Real" qarshi hujumga o'tayotgandi. Qanotdan uzatilgan to'pni Arauxo qaytarib yubordi.

Hozirgacha bo'lgan voqeliklarni hisobga olsak, "Real" o'yindan keyin bosh hakamning peshonasidan o'pishi kerak bo'ladi.

90. Birinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi! Bo'ldi, bo'ldi. Endi penaltilar seriyasigacha borishga qarshi emasmiz.

Tanaffus :) Qo'shimcha bo'limlar uchun tay`rlanamiz.

90+10. Penalti bekor qilindi. Rafinyaga sariq kartochka ko'rsatildi. Aytdim, nega Asensio vaziyatda xotirjamlikni saqlab qolibdi. Hammasini his qilgan ekan.

UXXXXXXX!!! Kechagi voqeliklar bugun ommaga bong urilib, fikrlar yangraydigan pallalar boshlanmoqda.

Takroriy lavhalar orqali ko'ringanda kontakt yo'qdek. Tempda esa penalti ko'ringandi. Menimcha penalti bekor qilinadi.

90+6. PE-NAL-TI!!!!!!! Asensio o'z jarima maydonchasi ichida ochiqchasiga fol ishlatdi!

90+4. Bosh hakam Ferminni ham ogohlantirdi.

90+1. Luka Modrich ogohlantirildi.

O'yinga 6 daqiqa qo'shildi.

89. Vinisius jarohat olib, maydonni tark etdi. O'rnini Brahim Dias egalladi.

84. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! FERRRAAAANNNNN!!! DAHШAAAAAATTTTT!!!

83. Fort va Gavi maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

82. ZARBAAAAAAAAAA!! KURTUAAAAAAAA!! Yamalning superzarbasini qaytardi! Uzun qo'llari unga qo'l keldi)

77. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! "Real" ikkinchi bo'limdagi o'yinidan kelib chiqib, ikkinchi golni haqli urdi. Burchakdan uzatilgan to'pni Tchuameni darvozaga kiritdi. Gyulerdan super uzatma!

74. UXXXXXXXXXX!!! "Real" hisobda oldinga chiqib olishga yaqin kelgandi. Vinisiusning pasidan keyin Mbappega noqulayroq pas uzatdi. To'p Kiliangacha etib bormadi va Kubarsi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

70. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Mbappe o'zi ishlagan jarimadan o'zi ideal gol urdi! Supergolga super javob berilmoqda. Mbappe jarimadan ilk golini urdi.

68. UXXXXXX!! Mbappe gol urishga yaqin kelgandi. Frenki uni to'xtatdi va sariq kartochka oldi. Buni so'nggi umid foli sifatida qabul qilish qiyinroq. Sariq kartochka eng adolatli qaror va jarima zarbasi. Gol urish uchun ideal nuqta. Biroq Kilian hali jarimadan gol urmagan ekan.

65. "Barselona"da bugun o'rtacha o'yin ko'rsatgan Olmo almashtirildi. Uning o'rnida Fermin o'ynaydi. 

64. "Real" hujumga o'tgandi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Vinisius boshi bilan zarba berdi. To'p himoyachining qo'liga tekkandi. Lekin bu erda ham ofsayd qayd qilindi.

62. UXXXX!! Kundeeeee!!! U jamoasini goldan saqlab qoldi. Agarda to'p undan o'tganida hisob tenglashishi muqarrar edi.

61. Vinisius hujumda yiqildi yoki yiqitildi. Bosh hakam bu vaziyatga reakciya qilmadi.

59. Vinisiusning erlatib yo'llagan zarbasini Шensni ushlab oldi. Keyin uning xatosi sababli to'p yana "Real" futbolchilariga kelib tushdi va yana o'sha Vinisius darvoza tomon juda xavfli zarba berdi. Noaniq.

56. NIMALAR BO'LYAPTI! Vinisius yuz foizlik imkoniyatdan gol ura olmadi. Himoyachilar va darvozabon bir amallab xavfni bartaraf qilishdi.

56. ZARBAAAAAAA!! "Barselona" hujumda uchga ikki vaziyatda qolib ketdi. Rafinyaning zarbasi noaniq ketdi.

55. "Real"da ikki o'zgarish bo'lmoqda: Modrich va Gyuler maydonga tushdi. Sebalos va Vaskes o'yindan olindi. 

54. UXXXXX! Mbappening bir o'zi vaziyatni hal qilishi mumkin bo'lgandi. Yana Шensni vaziyatda to'pni qaytardi.

49. ШENSNIIIIIIII!! U Vinisiusning ikki zarbasini qaytardi!

48. Rafinyaning zarbasini Kurtua osonlik bilan ushlab oldi.

47. Ikkinchi bo'lim ham birinchisi kabi "Barselona" hujumi bilan boshlandi. Yamalning zarbasi soddagina chiqib qoldi, Kurtua uchun bu "go'sht" vazifasini bajardi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOШLANDI!

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Mbappe 46-daqiqadayoq o'yinga qo'shildi.

Tanaffus!

45+3. Raul Asensio raqibini ochiqchasiga yiqitdi. "Barsa"da yana standart.

Birinchi bo'limdagi hakamlikka 10 ballik tizimda 10 baho qo'ygan bo'lardim.

45+2. UXXXXXX!! Vinisius penalti ishlagandi. Bosh hakam avvaliga penalti belgiladi. Keyin esa offsaydni qayd etdi.

Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

Rus sharhlovchilari ushbu vaziyatda penalti ko'rib chiqish kerak edi deyishyapti. O'yin oldidan hakamlik borasida qancha gap-so'zlar bo'lganini ular bilishmaydi chog'i.

44. UXXXXXXXX!!!! "Barselona" ikkinchisiga juda yaqin keldi. Burchakdan uzatilgan to'pni Ryudiger o'z darvozasiga kiritib yuborishiga sal qoldi. To'pni darvoza ustuni qaytardi.

43. Rafinya har qancha urinmasin Aliev bo'lolmaydi. Hatto uning zarbasi jonli devordan o'tmadi.

42. "Barselona" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. Asilbek Aliev gol urgan nuqta)

41. "Barselona" hujumda. Olmoning pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

38. Ferran Torres hujumga o'tib ketishga, Kurtua bilan birga bir holatga chiqib borishga harakat qilayotgandi. Ryudiger etib keldi, vaziyatga aralashib, to'pni olib qo'ydi.

37. "Barselona" futbolchisi Jerar Martin Tchuameniga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun haqli ravishda sariq kartochka ko'rsatildi.

35. GOOOOOLLLL!! YO'O'O'QQQ!! Bellingemning goli inobatga olinmadi. Sebalos pas oshirgan vaziyatda Jud offsayd holatida qolib ketgan edi.

34. O'yin tempida biroz pasayish bor. 

31. "Barselona" yana hujumga o'tdi. Zarbani Kurtua ushlab oldi. Tchuameni esa Olmoga qarshi qo'polligi uchun ogohlantirildi.

28. ZARBAAAAA!!! GOOOOOOOLLLL!! FANTASTIKKAAAAAAAA!!! LaLigada aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Pedri fantastik gol urdi!

25.Qaranglar, maydondagi 22 futbolchi qolib, Karlo Anchelottiga sariq kartochka berildi. Pochin ochildi.

23. "Real" xavfli hujum tashkillashtirdi. Vinisiusning pasidan keyin Garsiyaning yo'llagan zarbasini himoyachi qaytardi

21. ZARBAAAAAAA!! Rafinyaning jarimadan uzatgan to'piga Kunde boshi bilan juda xavfli zarba yo'lladi. Kurtuadan ilk sey.

19. ZARBAAAAAAA!! Yamal uzoq masofadan erlatib ayyorona zarba yo'lladi. Bu vaziyatda Kurtua "Real"ni goldan qutqara olmasdi. Шunchaki zarba noaniq ketdi.

16. UXXXXXXXX!!! "Barselona" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pga Torres zarba bera olmadi. Undan tashqari to'p "Real" futbolchisining qo'liga tekkandek ko'rindi. Biroq bu tayanch qo'li bo'lganligi sababli penalti ko'rib chiqilmadi.

13. Yamal raqiblari jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, Ryudiger uni to'xtatdi, Garsiya esa to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

12. O'ZGARIШ! Tezkor gol kutgan muxlislar tezkor o'zgarishning guvohi bo'lishdi.

10. Fran Garsiya maydonga tushishga tayyorlanyapti. O'zgarish bo'ladiganga o'xshaydi.

9. Ie! Mendi maydonga o'tirib oldi. Nahotki, ilk daqiqalardanoq o'zgarish bo'lsa?

7. "Barselona" hujumga o'tayotganda "Real" himoyasida biroz sarosima ko'rinayotgandek. Jamoalar kichik paslarda ko'p xatolar qilishmoqda.

6. Nihoyat, "Real" hujumga o'tayotgandi. Vinisius odatdagidek offsaydda qolib ketdi. Hujum to'xtadi.

3. "Barsa" yana hujumda. Ferran "Real" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va himoyachilar o'rtasidan to'pni sherigiga uzatmoqchi bo'ldi. Ammo Kamavinga xavfni bartaraf qildi. 

2. "Barselona" tezkor hujumga o'tdi. Rafinyaning pasi biroz kuchsizlik qildi, "Real" himoyachilari to'pni egallab oldi.

1. UCHRAШUV BOШLANDI!

00:56. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Yamal bugungi kun uchun boshqacha soch turmagida kelgan.

19:50. O'yin haqiqiy shou tarzida boshlanmoqda. Tarkiblarni tanishtirishni tariflashga til ojiz.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! El-Klasiko startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +22   

Fikrlar

+28   
27 apr 03:55:07
FC BARSELONA
Qani Barsachilar + bosinglar men ham bir tepada turay
+20   
27 apr 01:54:17
WalveRine-_-6
Perez kecha shunaqa vaziyatlarda real foydasiga qarorlar chiqishi uchun sirk uyushtirdi. mana bugun koring ahvolni.
+16   
27 apr 03:55:25
Антикоррупционер
ВАРдагилар юз фоиз реал тараф бўлишди. Лекин, БАРСА Ўзбекистон ёшларининг қаҳрамонлигини такрорлашди.
+16   
27 apr 03:49:03
MENTAL!ST
Ko'rvollaring Real Madridning ahvolini. Hakam-pakamiga qo'shib itardi Barselona. Real Madridning mard muhlislariga atalmagan bu gap. Bir-ikkita mard muhlislari tan oldi hakam Realga yon bosganini, xolis Madrid muhlislariga atalmagan gapim. Karoche Barselonaga omad.
+16   
27 apr 03:13:53
ОЙБОТ
Ферранга нисбатан фол бор эди ва бу пенальти эди, лекин Рафинъя ўзи йиқилди буни тўғри сариқ эди.. Биринчи фолда хакам ВАР ва Перес томонда бўлди.. 2-2..
Қўшимчада хақиқий голлар уриш насиб қилиб ғалаба қозонсин..
Олға БАРСА!!
+15   
27 apr 03:47:18
Dostonbek Anvarov
Койил Барса чемпион Реал Мадридни подряд 4- маротаба ютдик Реалгаям маладес ойинди буролди хуллас Барса чемпион
+11   
27 apr 03:40:44
CA BOSS
Кунде Кунде Кунде, Флик эффекти 3-2..
Биринчи соврин Худо хохласа муборак!!
Олға БАРСА. Супер Гол!
+11   
27 apr 03:05:18
MENTAL!ST
Real Madridning mard muhlislari, Ferran Torresning 90-daqiqada oyog'ini ilib olgani penaltimi yoki penalti emasmi?
+10   
27 apr 03:54:39
Real Nasaf
Man Realni kòp yillik muxlisi man lekin ikki klub ham bugun Hakamdan nolisa k*t deb aytishi mumkin Hakam normal boshqardi gollar esa xatolar evaziga keldi Realda qilinishi kerak bòlgan ishlar kòp Barsa haqli yutdi Tabriklayman janjal chiqargan esa k*t hammaga xayrli tun va tong
+10   
27 apr 01:57:23
Azizbek Abdullayev
Real muxlisi sifatida bu oyinni korish juda ogir. Bu oyinmas bu mavsumni ozi faqat sharmandagarchilik. Oyinni qara. Bitta xujum yoq. Plan A plan B yoq. 19 - minut curtua vaxt chozib Rugiger topni 2 marta prosta tepib tashayapti. Shunchaki xisob yirik bob ketmasligiga oynayapti Real. Yaxshiyam sudyada bosim bor sal bizaga ishlayapti. Lekin jamoaga yangi qon kerak. Bellingam bilan Vinini sotish kerak. Otgan yili Kross carvaxal benzemala bogan jamoada oyin yaratadigan. Xozi esa hezalak vini, 0% poyda rodrigo (chunki ozini qanotimas) , qari vaskes, xotinqul endriklani yoqotish kerak. Trener boldi dam olursin. Kop yutiberdi xurmatda ketib
+9   
27 apr 03:50:52
FC BARSELONA
Hamma Barselona muhlislarini g'alaba bilan tabrikliman Real Madrid muhlislariga esa sabr va keyingi o'yinlarda omad
+9   
27 apr 03:49:18
Sherali Ismoilov
RUDIGER ISQIRT EKANSAN!!!VINI BILAN IKKOVING SIYIB KELIB UXLA
+8   
27 apr 03:31:03
BOBIRBEK_URINOV⚽️
ХАКАМЛАР ВА РЕАЛ КЕЧА ЧИРОЙЛИ ШОУ УЮШТИРИШДИ...
+8   
27 apr 03:00:12
Мансур
Ферранга нисбатан пеналти бор эди бермади кейин Рафиня пеналти ишлади вар куряпти
+8   
27 apr 01:31:14
TOSHQONDIY
BEJIZGA REAL SUDIYALANI BOSIM OSTIGA OMAGAN, HAMMASI OYINDA REALGA QORQQANIDAN YON BOSISHI UCHUN QILINGAN BOSIM..
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика