"Kremoneze" darvozaboni o'yindan keyin stadionda qolib ketdi
26 jan 18:52
Yangiliklar
"Kremoneze" darvozaboni o'yindan keyin stadionda qolib ketdi
Italiya chempionatining "Sassuolo"ga qarshi safar o'yinidan (0:1) keyin "Kremoneze" jamoasi avtobusi stadionni darvozabon Emil Auderosiz tark etgan.
Bu haqda "Sky Sports" telekanali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, o'yindan keyin Audero intervyu bergan, ikki nafar jurnalist hamda "Sassuolo" futbolchisi Jey Idzes bilan suhbatlashib qolgan. Shu paytda jamoa transporti stadiondan ketib qolgan.
Hodisadan so'ng klub darvozabon uchun alohida mashina buyurtma qilgan. Audero ushbu mashina orqali Kremona shahriga etib borib, jamoaga qo'shilgan.
29 yoshli Audero joriy mavsum "Kremoneze" tarkibida 19 o'yin o'tkazib, 22 ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar