So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" юлдузи болалигидан "Реал" ҳақида орзу қилган – Собослаининг келажаги Мадриддами?  0 12:08"Ал Иттиҳод" "Реал" юлдузи учун йирик битим тайёрламоқда  0 11:40Пул йўқ: энди нима бўлади?  6 11:24"Трактор" хорватиялик мураббийи билан хайрлашди  1 10:49Уэйн Руни МЮга қайтишга тайёр  6 10:20Жанубий кореялик футболчига Лондон грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:51АПЛ грандлари Клоппга расмий таклиф билан чиқишган  0 09:22ФИФА хавотирда  13 08:53Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди  31 08:24"Реал" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  3 08:20Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" 1:2  2 08:10Ла Лига. "Жирона" - "Барселона" 2:1  7 07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  2 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  9 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  174

Futzal xaritasi: Barcha yo'llar Jakartaga olib boradi Yangiliklar

Futzal xaritasi: Barcha yo'llar Jakartaga olib boradi

Ertaga, 27 yanvar kuni Indoneziya poytaxti Jakartada futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati start oladi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Tarixga nazar

Bu hisob bo'yicha 18-Osiyo chempionati hisoblanadi. 1999-2020 yillar oralig'ida musobaqa OFK futzal chempionati deb nomlangan bo'lsa, 2022 yildan buyon OFK futzal Osiyo kubogi deb yuritib kelinmoqda. Lekin biz qulay bo'lishi uchun futzal bo'yicha Osiyo chempionati deyishga o'rganib qolganmiz.


Barcha mezbonlar va chempionlar

Quyida shu paytgacha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan mamlakatlar hamda barcha chempionlar ro'yxatini keltirib o'tamiz. 

1999. Mezbon - Malayziya. Chempion - Eron

2000. Mezbon - Tailand. Chempion - Eron

2001. Mezbon - Eron. Chempion - Eron

2002. Mezbon - Indoneziya. Chempion - Eron

2003. Mezbon - Eron. Chempion - Eron

2004. Mezbon - Makau. Chempion - Eron

2005. Mezbon - Vetnam. Chempion - Eron

2006. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - Yaponiya

2007. Mezbon - Yaponiya. Chempion - Eron

2008. Mezbon - Tailand. Chempion - Eron

2010. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - Eron

2012. Mezbon - BAA. Chempion - Yaponiya

2014. Mezbon - Vetnam. Chempion - Yaponiya

2016. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - Eron

2018. Mezbon - Taivan. Chempion - Eron

2022. Mezbon - Quvayt. Chempion - Yaponiya

2024. Mezbon - Tailand. Chempion - Eron

2026. Mezbon - Indoneziya. Chempion - ???


Rekordlar

Shu paytgacha futzal Osiyo chempionati 17 bor o'tkazilgan bo'lib, shundan 13tasida Eron terma jamoasi g'olib chiqqan. Yaponiya 4 marta g'oliblikni qo'lga kiritgan.

O'zbekiston barcha Osiyo chempionatlarida ishtirok etib kelayotgan to'rtta jamoadan biri. Biz musobaqalarda ishtirok etish va natija ko'rsatish bo'yicha umumiy jadvalda Eron va Yaponiyadan keyin uchinchi o'rindamiz. Barcha 17ta musobaqada qatnashgan yana bir jamoa bor. Bu - Tailand terma jamoasi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi shu paytgacha 4 marta ikkinchi o'rin (2001, 2006, 2010, 2016) va olti marta uchinchi o'rinni  (2005, 2007, 2014, 2018, 2022, 2024) qo'lga kiritgan. Biz shuningdek uch marta - 2006, 2010, 2016 yillarda turnirga mezbonlik qilganmiz.


Bu yilgi musobaqa

Aytib o'tganimizdek, ushbu Osiyo chempionati Indoneziya poytaxti Jakartada o'tkaziladi. O'yinlar ikkita arena - "Jakarta Arena" (16,500 tomoshabin) va "Jakarta International Velodrome" (8,500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi. Musobaqa 27 yanvar start olib, 7 fevral kuni o'z nihoyasiga etadi.


Guruhlar va jamoalar

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida 16ta jamoa qatnashadi. Jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan va har bir guruhdan ikkita jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.


A guruhi: Indoneziya, Iroq, Qirg'iziston, Janubiy Koreya.

B guruhi: Tailand, Vetnam, Quvayt, Livan.

C guruhi: Yaponiya, O'zbekiston, Tojikiston, Avstraliya.

D guruhi: Eron, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Malayziya.


Taqvim

Albatta, bizga ko'proq O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yinlari qiziq bo'lgani uchun C guruhi taqvimini keltirib o'tamiz.


1-tur. 28 yanvar. 13:00

Yaponiya - Avstraliya

1-tur. 28 yanvar. 17:00

O'zbekiston - Tojikiston


2-tur. 30 yanvar. 13:00

Avstraliya - O'zbekiston

2-tur. 30 yanvar. 17:00

Tojikiston - Yaponiya


3-tur. 1 fevral. 13:00

Tojikiston - Avstraliya

3-tur. 1 fevral. 13:00

Yaponiya - O'zbekiston


Tarkib

21 yanvar kuni O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibni elon qildi. Musobaqa reglamentiga muvofiq ro'yxatdan 14 nafar futzalchi o'rin olgan.

Darvozabonlar: Shavkat Ibragimov (Oil Star), Abbos Elmurodov (BMB PFC).

Himoyachilar: Ilhomjon Hamroev (Oil Star), Sunnatilla Jo'raev (Nasaf), Anasxon Rahmatov (Nasaf).

Qanot o'yinchilari: Shaxram Faxriddinov (OKMK), Xayrulla Solixov (OKMK), Samariddin Berkinov (Oil Star), Abror Axmedzyanov (SQB), Akbar Usmonov (SQB), Ixtiyor Ropiev (Nasaf), Eldor Nigmatov (Lokomotiv).

Hujumchilar: Muzaffar Ahadjonov (BMB PFC), Elbek To'lqinov (Oil Star).

Delegaciya rahbari – Rustam Zuparov

Bosh murabbiy – Nodir Eliboev

Darvozabonlar murabbiyi – Vitor Vianna

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy – Teyshera Mourisio

Shifokor – Laziz Teshaboev

Fizioterapevtlar – Rasul Dayanov, Abdurahim Sarimsoqov

Mamur – Shahboz Jo'raev

Xalqaro aloqalar departamenti boshlig'i — Gayrat Azizxodjaev

Matbuot kotibi – Nodir Azamov


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +7   

Fikrlar

+1   
27 jan 15:24:38
FK DAVR
Bugundan osiyo chempionati boshlandi. Natijalarni yozib boringlar adminlar. Axir jaxon chempionati yo'llanmasi o'ynaladiku bu chempionatda.
+1   
26 jan 21:19:55
Zamira Nosirova
Islom Vohobov foydalanuvchining fikriga javob berish
Lekin shu futzalchilar kotta futbolda qiynalmasdan gol ursa kerak deb o'yliman chunki futzalda kichkina darvozaga gol ursa. Endi bu mani shaxsiy fikrim negativ shart emas
charchab qolishadi katta futbolda
+1   
26 jan 21:10:17
FK DAVR
Rahmat maqola uchun.
+1   
26 jan 21:09:42
تعمورخن ومار خجا
Futzalimiz va klublarimiz faqat orqaga qarab ketyapdi
+1   
26 jan 21:05:26
Nod34 34
Oxirgi yillarda futzalimiz pusaydi
+1   
26 jan 20:56:03
Jamshid a c milan
Demak guruhdan Yaponyani yengolmasak chorak finalda Eron bn uynerkanmizda.
+1   
26 jan 20:49:43
Абдулазиз Кодиров
Xayrullo Xaliqov raxmat ishlab charchamen dosim.xd:
   
27 jan 19:46:45
Islom Vohobov
Zamira Nosirova foydalanuvchining fikriga javob berish
charchab qolishadi katta futbolda
Balki shundaydur kim bilsin
   
27 jan 06:57:20
Азим Исмаилов
Агар бу сафар чорак финал эрон билан булса медалсиз колиш мумкин экан шунинг учун гурухда японларни ютишимиз шарт
   
26 jan 21:31:34
Aziz.
Omad
   
26 jan 21:27:40
Мадияр Шамшиев
Хуснидин Нишонов жокпу
   
26 jan 21:15:30
Islom Vohobov
Lekin shu futzalchilar kotta futbolda qiynalmasdan gol ursa kerak deb o'yliman chunki futzalda kichkina darvozaga gol ursa. Endi bu mani shaxsiy fikrim negativ shart emas
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика