So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  0 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Grigoriy Kolosovskiy: "Olimpik-Mobiuz" qanday futbol o'ynash kerakligini ko'rsatib qo'ydi" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Olimpik-Mobiuz" qanday futbol o'ynash kerakligini ko'rsatib qo'ydi"

Pro-liganing 4-turi doirasida "Olimpik-Mobiuz"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Raqibni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Ular qanday futbol o'ynash, to'p uchun qanday kurashish kerakligini ko'rsatdi. Bu mag'lubiyatda murabbiylar shtabining aybi katta. Biz har bir to'p uchun kurashish kerakligini, maydonga tushgandan keyin hech kim uch ochkoni shunchaki sovg'a qilib yubormasligini yaxshi uqtira olmaganmiz. Ushbu ligada barcha jamoalar bizga raqobat qilish uchun harakat qilyapti. Kombinaciyali futbol va uzun paslar orqali o'yin o'rtasida adashib qoldik va faqatgina qanotdan uzatmalar bilan to'xtab qoldik. O'yinimiz o'xshamadi. Penaltidan gol ura olmadik va qarshi hujumni o'tkazib yubordik. Markaziy himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydik, raqibning darvozabonimiz bilan birga-bir holatga chiqib berishiga va penalti ishlashiga yo'l qo'ydik. O'sha muammo pand berdi: vaziyatlar yarata oldik, biroq gol ura olmadik. Hatto o'tkazib yuborilgan goldan keyin ham biz hisobni tenglashtirishimiz, balki, g'alaba golini urishga etarlicha vaziyat yaratdik. Biz juda yomon o'ynadik. Raqiblar qanday kurashish kerakligini ko'rsatishdi. Buni rad etib bo'lmaydi. G'alaba bizdan ko'ra ularga munosibroq edi. 


- Bunga qadar matbuot anjumanida siz "Lokomotiv" faqatgina qog'ozda favorit ekanligini aytgandingiz.

- Ha, istalgan jamoa maydonga tushib, kurashyapti. O'zidan yaxshi taassurot qoldirishni istamoqda. Yigitlar yosh, barcha harakat qilyapti, qaerdadir kimlardir ajralib turibdi. Hatto darvozabonimizga bir necha marta jarohat etkazishdi. Futbolchilarimiz barchasi oson o'tib ketadi deb o'ylashgandi. Biroq bunday emas. Natija adolatli. "Olimpik-Mobiuz" g'alabani haqli tarzda qo'lga kiritdi. 

- Urilmagan penalti haqida nima deya olasiz?

- Penalti lotereya kabi bir gap. Gol ura olmadik. Darvozabon boshqa burchakka sakradi, to'p esa boshqa tomonga ketdi. Bu istalgan futbolchi bilan sodir bo'lishi mumkin. Hozirgi paytda Шulaya penaltini tepishi kerak, u shunchaki gol ura olmadi. Шu penaltidan keyin biz qarshi hujumda qo'pol xato qildik, keyin penaltidan gol qo'yib yubordik. Bugun himoyachilarimiz qoniqarsiz o'yin ko'rsatishdi.

- Bugun "Lokomotiv"ning chap qanot himoyasida katta muammo borligini ko'rdik. Xosrov Xananov nega o'yinda ishtirok etmadi va Ibrohim Yo'ldoshevning holati qanaqa?

- Ibrohim Yo'ldoshev ikki o'yin oldin jarohat oldi. Hali u tayyor emas. Xosrov esa oilaviy sabab tufayli uchrashuvda qatnasha olmadi. Kozakka yana bir imkoniyat bergandik, biroq u imkoniyatdan foydalana olmadi. O'ng qanotimizdan ko'p hujumlar uyushtirayotgan bo'lsak, chap qanotimizda muammolar katta. Bu qanotdan juda kam uzatmalarimiz o'tmoqda. Chap qanotdagi o'yinimiz sifatini, hujumkorligini oshirish ustida ishlaymiz. Chunki o'ng qanotdan biz ko'proq vaziyatlar yaratmoqdamiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика