So’nggi yangiliklar

23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  0 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  3 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  19 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  12 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  6 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  37 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  2 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1

Romaning short-listida 4 nafar murabbiy bor Yangiliklar

Romaning short-listida 4 nafar murabbiy bor

Roma yangi mavsum uchun bosh murabbiy izlashda davom etmoqda.

Rimliklarni boshqarishga asosiy nomzod — «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas bo'lib turibdi. Ispaniyalik mutaxassisdan tashqari yana Franchesko Farioli («Ayaks»), Patrik Vieyra («Jenoa») va Stefano Pioli (Al Nassr) kabi murabbiylar jamoani boshqarishga davogarlar qatoridan joy olishgan.

Eslatib o'tamiz, «Roma»ning amaldagi bosh murabbiyi Klaudio Raneri yozda murabbiylik faoliyatini yakunlashini elon qilgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
29 apr 09:23:16
MEKSIKA-2011
Фабрегас ҳақиқатда зўр!! Комони жуда яхши жамоага айлантирибди
   
29 apr 14:29:54
Fc Milan20
Klaudio ota keyingi mavsum ham Romani o'zi boshqarsa kerak deb o'ylayabman. Rahbariyat faqat mavsum yakunidagi natijalarni kutyapti. Agar Yevropa chempionlar ligasiga yo'llanma qo'lga kiritilsa, Ranyeri qolsa kerak. Hozirda jadvalda Atalanta 65, Yuventus 62, Boloniya 61, Roma 60, Latsio 60, Fiorentina 59 ochko bilan Yevropa chempionlar ligasiga beriladigan qolgan ikkita yo'llanmaga qizg'in kurash olib boryapti. Hozirgi Roma shu yo'llanmalardan birini qo'lga kirita oladi. Keyingi tur Roma o'z uyida Konferensiyalar ligasida og'ir o'yin o'tkazib keladigan Fiorentinani qabul qilarkan. Konferensiyalar ligasida Betis maydoniga safar qiladigan Fiorentina, uch kun o'tib Roma mehmoni bo'ladi. Bu uchrashuvda g'alaba haqida o'ylasa bo'ladi. 36-tur eng og'iri bo'ladi, Roma Atalanta mehmoni bo'ladi. 37-tur Milanni qabul qiladi. Milan bu o'yinga qadar 4 kun oldin Italiya kubogida Boloniya bilan finalni o'tqazgan holda keladi. 38-tur maqsadi yo'q Torino mehmoni bo'ladi. Shu o'yinlardan 10 ochko to'plash mumkin. Ranyeri qolgan taqdirda tarkib bir oz kuchaytirilsa, keyingi mavsum A Seriyada chempionlikka davogarlik qila oladi Roma. Roma tarkibi bir necha yillardan beri birga o'ynab keladi, o'yinchilar bir-birini yaxshi tushunadi, saviyali o'yinchilari bor. Yuqorida keltirilgan Piolidan tashqari Fabregas, Vieyra, Faraolilar murabbiy bo'lib biror narsaga erishgani yo'q. Katta klublarda ishlash tajribasi yo'q ularda. Ularni olib kelsa, yana mavsum boshidagi De Rossi, Yurichlar bilan bo'lgan inqiroz takrolanishi mumkin. Ranyeri yoshi va murabbiylikda erishgan natijalari sabab Roma ichki muhitini ham o'nglay oldi. Bir qancha Roma o'yinchilarini zaxiraga o'tqazib, popugini pasaytira oldi. Romani Italiya milliy terma jamoasiga nomzod mahalliy o'yinchilari kiyinish xonasini qo'lga olib, maydonga kimni tushirish yoki tushirmaslikka qadar hal qilishga uringan. Aynan shu sabab De Rossi, Yurichlar bilan mushtlashishgacha borgan ayrimlari. Hozirda ular jamoada hech kim emas. Hammasini o'nglagan Ranyeri. Ranyerini o'zi ham faoliyatini chempion bo'lib yakunlashga qarshi bo'lmasa kerak. Bu juda chiroyli yakun bo'ladi. Ranyerini qolishi ham Eldor uchun foyda bo'lsa bo'ladi, lekin zarar bo'lmaydi.
   
29 apr 14:17:16
Акрамжон Халилов
Романинг Фиорентина, Милан, Торино ва Аталанта билан ўйинлари қолди, ана шу 4 та ўйинларда Элдор ёрдамида Рома ғалаба қозонса мураббий ким бўлишидан қатъий назар кейинги мавсумда Элдор асосий фигура бўлиб қолаверади.
   
29 apr 13:14:20
{ CHELSEA }
Oʻzi jamoada qolavermaydimi deyotgandim, pensiyaga chiqarkan Raneri... Lekin Raneri bilan yaxshi ketayapti...
   
29 apr 12:56:07
Futbol Uchun
Бизга ким бўлса ҳам Элдорга ишонч билдирса бўлди.
   
29 apr 10:10:17
Muxlis
Моуриньё йўқ эканми номзодлар орасида?
   
29 apr 09:57:04
Burhonbek Abdumo'minov
Luis Enrikeni qaytaringlar yaxshisi PSJ dan)
   
29 apr 09:30:58
Azamat Shoha
Тяго Моттани опкелиш кк Ювентус унга охиригача шанс бермади
   
29 apr 09:14:01
Адхамжон Низамов
Виейра булса,Элдорга яхши имконият булади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика