So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  65 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Superliga. "So'g'diyona" o'z maydonida "Andijon" ustidan zafar quchdi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" o'z maydonida "Andijon" ustidan zafar quchdi

Superliga 7-tur doirasidagi "So'g'diyona" – "Andijon" o'yini yakunlandi.

"So'g'diyona" – "Andijon" 1:0

Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar Шoyusupov
Zaxira hakami: Шahboz Azimov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Mamur Sultonov

Gol: 1:0 – 58, Suhrob Izzatov (Xondamir Mustafoqulov)

"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 23.Sardorbek Hoshimov (5.Behruz Jumatov, 82), 28.Stanislav Andreev (34.Dilshodbek Misiraliev, 77), 32.Nodir Soyibov, 99.Umidbek Sultonov (8.Suhrob Izzatov, 57)

Zaxira: 1.Шoxrux Isoqov, 6.Samandar Sindarov, 11.Sahob Rashidov, 18.Oybek Nurmatov, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 42.Sardorbek Erkinov

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov (11.Islam Mashukov, 70), 8.Iskandar Шayqulov (18.Damir Temirov, 46), 9.Mirzad Mexanovich (22.Usmonali Ismonaliev, 87), 13.Sardorbek Azimov (23.Doniyor Abdumannopov, 70), 33.Oleg Zoteev (s), 66.Miomir Durikovich, 71.Bektemir Abdumannonov

Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 10.Ilhomjon Abdug'aniev, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhod Sohibjonov, 32.Luka Uskokovich.

Ogohlantirishlar: Miomir Durikovich (1), Iskandar Шayqulov (11), Otabek Ahadov (25), Nodir Soyibov (45+2), Ivan Boshkovich (90+4)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILAШ

O'yin yakunlandi.

90+4. "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich hakamlarga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

90+1. Ahadovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Andijon"da o'zgarish sodir bo'ldi.

85. Zarba! Abdumannopov tomonidan yo'llangan kuchli zarba darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

82. "So'g'diyona"da pozicion o'zgarish amalga oshirildi.

79. Mexanovichning uzatmasini mezbonlar himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak uzatmadan keyingi zarbani Sobirov zararsizlantirdi.

77. "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

75. Mashukovning zarbasi mezbonlar himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

70. "Andijon" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

68. Zarba! Mexanovichning zarbasini Sobirov qaytardi, qaytgan to'pni mezbonlar himoyachisi qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

63. Kreziu olisdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

62. Dorievning zarbasini Adhamov egallab oldi.

61. Azimovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Sobirov qaytardi.

58. GOL! Bir daqiqa avval zaxiradan maydonga tushgan Izzatov raqib jarima maydoniga uzatilgan to'pni to'xtatmasdan "Andijon" darvozasiga joylab qo'ydi!

58. Mustafoqulovning pastki burchak tomon yo'llagan zarbasini Adhamov qaytardi.

57. "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

55. Zarba! Turdimurodovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi raqib darvozasining yon tarafiga tegdi.

50. Sobirov Abdumannonov zarbasini qaytardi, "Andijon"ning ikkinchi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 

46. Turdimurodovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Sobirov qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+4. Mexanovich tepgan to'p Sobirovning qo'llariga borib tushdi.

45+2. Soyibov ogohlantirildi.

45+2. Zarba! Dorievning olis masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Adhamov qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. Mezbonlarning ketma-ket ikki zarbasi raqib himoyachilaridan nariga o'tmadi.

40. Andreevning yon chiziqdan raqib jarima maydoniga uzatmasini Adhamov urib yubordi.

38. Zarba! Turdimurodovning kuchli zarbasini Sobirov qiyinchilik bilan qaytardi.

38. Hakamlar o'yinni davom ettirish qaroriga kelishdi.

35. "So'g'diyona" jarima maydonida to'qnashuv sodir bo'ldi. VAR vaziyatga aralashdi.

33. Turdimurodovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

30. "Andijon"ning burchak uzatmasi yana Durikovichning zarbasi bilan yakunlandi.

25. Ahadov maydon markazidagi qo'pol o'yin uchun ogohlantirildi. Azimovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

24. Mustafoqulovning uzatmasini raqib jarima maydonidagi Qahramonov darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

21. Qobilovning o'ng qanotdan uzatgan to'pni Adhamovning qo'llariga borib tushdi.

17. Zarba! Mehmonlarning burchak uzatmasi Durikovichning zarbasi bilan yakunlandi. To'p darvoza to'rining tashqi qismiga tegdi.

15. Zarba! Dorievning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Adhamov qaytardi. "So'g'diyona" hujumchisining ikkinchi urinishidan so'ng raqib posboni to'pni egallab oldi.

13. Dorievning uzatmasini Adhamov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. Iskandar Шayqulov raqib futbolchisiga tirsak bilan zarba berib yuborgani uchun ogohlantirildi. 

9. "Andijon" burchak zarbasi ishlab oldi. Abdumannonov uzatmasi qaytarildi. Keyingi hujum noaniq zarba bilan yakunlandi.

6. Zarba! Mezbonlarning ajoyib kombinaciyasi Sultonovning zarbasi bilan yakunlandi. Adhamov o'z mahoratini namoyish etdi.

4. "So'g'diyona" standart vaziyatga ega bo'ldi. Andreevning uzatmasidan so'ng mehmonlar futbolchisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

1. Maydon markaziga yaqin nuqtada qo'pollik ishlatgan Durikovich o'yindagi birinchi foldan keyinoq ogohlantirildi.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "So'g'diyona" qora-oq, "Andijon" qizil rangli liboslarda harakat qiladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика