"Yuventus"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 6 ta o'yinga etdi – 5 ta g'alaba va bir durang

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2026, 12:22
"Yuventus" mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Turin klubi mag'lubiyatsiz seriyasini 6 ta o'yinga etkazib oldi. Bugun Luchano Spalletti shogirdlari Seriya Aning 19-turi doirasida safarda "Sassuolo"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).

Barcha musobaqalarni hisobga olsak, turinliklar oxirgi 6 ta o'yinda 5 ta g'alaba qayd etishdi va faqatgina "Lechche" (1:1) bilan durang o'ynashdi.

2025 yilning oktyabr oyida Igor Tudor iste'foga chiqarilganidan so'ng, "Yuventus" o'tkazilgan 15 ta uchrashuvda faqat bir bor – "Napoli"ga (1:2) imkoniyatni boy berdi xolos.

"Yuventus" navbatdagi uchrashuvini 12 yanvar kuni "Kremoneze"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru