So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  26 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  5 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  30 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  70 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  6 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0

Halol futbol kelishuvi buzildimi? Yangiliklar

Halol futbol kelishuvi buzildimi?

SHunga o'xshaydi, afsuski shuncha gap so'zlardan keyin ham mana shunday o'yinlarni tashkil etishga urinayotganlar bo'lyapti.
O'zbekning maqoli bor, "qon bilan kirgan, jon bilan chiqadi". Kecha ramziy terma jamoani elon qilganimizdan so'ng o'z nomini sir tutgan, ammo klubi nomini aytgan shaxs qo'ng'iroq qildi va ramziy terma jamoada uning jamoasidan o'rin olgan futbolchi, aslida ochko yo'qotilishiga sabab bo'lganligi butun jamoa undan shubha qilayotganligini aytib, u bilan 2 kundan beri hech kim gaplashmayotganligini aytib o'tdi.

Demak, bu futbolchi raqib foydasiga o'yinni bergan, demak, raqib o'sha jamoa futbolchisini o'z tomoniga og'dirgan. Demak, erkaklar o'rtasida tashlangan "BESHGA" hiyonat qilingan.

Agar hozir barchasini issig'ida bosmasak, "o'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas", qabilada shuday ishlar davom etilaveradi. Eng achinarlisi shundaki, bu ishlar asosan viloyatlarda sodir etilyapti. U erdagi o'yinlar to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilmasligi, klublarda o'z istaklarini amalga oshirish uchun juda ham yaxshi imkoniyat.

Agar o'sha futbolchi haqiqatdan ham shunday ishni qilgan bo'lsa uni jamoani o'zi jazolashi va klubdan ketkazishi kerak, toki boshqalarga o'rnak bo'lsin. Ushbu holat isbotlansa, raqib jamoadan ochkolarni olib tashlash lozim.

Hakamlar masalasi hal etildi, uchga-uch o'yinlarga nuqta qo'yildi. Endi raqib futbolchisini o'z tomoniga og'dirish orqali g'alaba qozonmoqchi bo'lganlar, nima uchun terma jamoamiz hattoki Bangladeshdagi turnirdan o'ta olmagani, nima uchun Yaponiyaga sharmandali hisobda mag'lubiyatga uchraganlari, nima uchun klublarimizni OCHLda bitta ishni qoyillata olmayotganlarini bir ko'rib "zavqlansinlar". Mana shunday ishlar davom etaverar ekan, bizda natija bo'lmaydi. Bitta klub boshladimi, ertaga ikkinchisi ham davom ettiradi. Indinga uchinchisi.

Agar shu ish haqiqatdan ham bo'lgan bo'lsa, "shim o'rniga atlas ishton kiyib ol erkak", - deb maqolaga yakun yasaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика