Giggz: “Siti” va “Liverpul”ga etib olish uchun MYUga yana uchta futbolchi kerak”
17 iyu 2020 23:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581935_original.jpg)
![](/upload/storage/581935_220.jpg)
Giggz: “Siti” va “Liverpul”ga etib olish uchun MYUga yana uchta futbolchi kerak”
Ayni paytda Uels terma jamoasini boshqarayotgan MYUning sobiq futbolchisi Rayan Giggz “qizil iblislar”ning transfer oynasi vaqtida harakatlariga o'z munosabatini bildirdi.
“O'ylashimcha, “Manchester Siti” va “Liverpul”ga tenglashish uchun bizga uch nafar futbolchi zarur bo'ladi. Ammo Ule-Gunnar Sulsher avvalgi ikkita transfer oynasi vaqtida tarkibga yaxshi saviyadagi futbolchilarni jalb qila oldi.
Brunu Fernandesh jamoa lideri sifatida ko'rinmoqda. Garri Maguayr – jamoa sardori. Ammo gap bunda emas. Transfer oynasi ochilganda shunchaki futbolchini emas, balki harakati va madaniyati bilan jamoaga yordami tegadigan futbolchini klubga jalb etish lozim.
“Yunayted” o'z yo'nalishida to'g'ri qadam tashlamoqda. Ammo mening fikrimcha, jamoaga yana yaxshi uchta futbolchi kerak”, deya Giggzning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar