“Gamburg” van Marveykni ishdan bo'shatmoqchi
13 fev 2014 15:16
Yangiliklar


“Gamburg” van Marveykni ishdan bo'shatmoqchi
Yaqin kunlarda “Gamburg” klubi direktorlar kengashining majlisi bo'lib o'tadi, deb xabar beradi sport1.de.
Majlisda jamoa bosh murabbiyini o'zgartirish masalasi ko'rib chiqiladi. Xabarlarga ko'ra, kengashning deyarli barcha azolari Bert van Marveykning istefoga chiqarilishi uchun ovoz berishadi. Bundan tashqari majlisda Feliks Magatni yangi bosh murabbiy etib tayinlash masalasi ham muhokama qilinadi.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni “Gamburg” Germaniya Kubogining 1/4 finali doirasida “Bavariya”ga 0:5 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Fikrlar