Futzal: O'zbekiston 3-o'rin uchun bahs olib boradi
08 may 2014 18:37
Yangiliklar
Futzal: O'zbekiston 3-o'rin uchun bahs olib boradi
Vetnamda davom etayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati yarim finalida O'zbekiston milliy terma jamoasi qitaning eng kuchli terma jamoasi – Eronga 10:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
8 may, payshanba kuni Vetnamning Xoshimin shahrida joylashgan Phu To stadionida bo'lib o'tgan bahs taqdiri amalda birinchi bo'limdayoq hal bo'lib ulgurdi. Alirizo Vafoiy uchrashuvning 1-daqiqasidayoq hisobni ochgan bo'lsa, Husayn Toyibiy, Asqar Hasanzoda, Ahmad Ismoilpur va Vohid SHofeiy tomonidan kiritilgan gollardan so'ng Eron terma jamoasi tanaffusga 5:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketdi.
O'zbekistonlik futzalchilar ikkinchi bo'limda ham kuchli raqibga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsata olishmadi. Yakuniy hisob - 10:0 va Eron terma jamoasi musobaqaning finaliga yo'l oldi, O'zbekiston esa uchinchi o'rin uchun bahs olib boradigan bo'ldi.
Vetnamdagi musobaqani yakunlab beradigan final va 3-o'rin bahslar 10 may, shanba kuni o'tkaziladi. Toshkent vaqti bilan 14:00da O'zbekiston milliy terma jamoasi 3-o'rin uchun Kuvayt terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo'lsa, 17:00da boshlanadigan o'yinda yarim finalda Kuvaytni 6:1 hisobida etgan Yaponiya Eronga raqib bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Ahmedov qo'l ostidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi musobaqa guruh bosqichida Qirg'iziston bilan durang o'ynadi (2:2), Yaponiya (2:1) va Janubiy Koreya (3:0) terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratdi. Livan terma jamoasiga qarshi kechgan chorak final o'yinida esa o'zbekistonlik futbolchilar 6:2 hisobida zafar quchishgan edi.

Fikrlar