So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  9 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  6 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2008. "Qirolning qaytishi" Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2008. "Qirolning qaytishi"

SHu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. SHu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etib boryapmiz.

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2004

JCH-2008



Mini futbol bo'yicha oltinchi Jahon chempionati Braziliyada o'tkazilgan. Unda mezbonlar o'zlarining to'rtinchi chempionliklarini nishonlashgan.

Paulo de Oliveyra boshchiligidagi Braziliya o'z maydonida o'tgan musobaqada barcha raqiblarini tor-mor keltiradi. Birinchi va ikkinchi bosqichning 7 o'yinida raqiblar darvozasiga 58ta to'p kiritib, o'z darvozalaridan bor yo'g'i 4 bor to'p olib chiqishadi.

Finalda esa charm to'p "sehrgarlari" o'zlarining azaliy raqiblari Ispaniyaga qarshi kurash olib borishadi. Bu Falkao jamoadoshlari asosiy vaqtda yuta olmagan yagona finalga aylanadi. 6 metrlik masofadan penaltilar seriyasida esa 10 mingdan ziyod muxlis qarshisida Braziliya avvalgi ikki mundialdagi mag'lubiyatlar uchun o'ch oladi - 4:3, Jahon kubogi Braziliyada qoladi.

SHaxsiy sovrinlarning deyarli barchasini braziliyaliklar yig'ishtirib olishdi. Faqatgina musobaqa to'purari nomi asli braziliyalik bo'lgan Rossiya terma jamoasi azosi Puliga nasib etadi (16 gol). Falkao esa 15ta gol bilan ikkinchi bo'ladi. Lekin, Falkao mundialning eng yaxshi futzalchisi deya etirof etiladi.

Ushbu musobaqaning yana bir etiborga molik jihati Osiyo futzalining afsonasi Eron terma jamoasi azosi Vohid SHamsai chempionatda o'z o'yini bilan barchaning diqqatini tortadi va Jahon chempionatining eng kuchli 10 futzalchisi safiga kiritiladi. Uning jamoadoshi Mustafa Nazari esa braziliyalik Tiagodan keyin mundialning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasida ikkinchi pog'onadan joy oladi.



JCH-2008, Final
19.10.2008, "Ginasio Marakanazinyu" sport saroyi
Bosh hakam: Fabian Lopez (Kolumbiya)
Muxlislar: 10082

Braziliya - Ispaniya 2:2 (pen. 4:3)
Gollar:
Markino 24, Vinisius 36 - Torras 27, Alvaro 38

Braziliya (birinchi beshlik): Tiago, Gabriel, SHumaxer, Lenisio, Markino.
Zaxira: Franklin, Rojerio, Ari, Kiko, Vinisius, Vetao, Falkao, Vilde, Karlinos.

Ispaniya (birinchi beshlik): Amado, Eseverri, Xavi Rodriges, Kike, Marselo.
Zaxira: Xuanxo, Kristian, Ortiz, Torras, Fernandao, Alvaro, Andreu, Borxa, Daniel.

Ogohlantirishlar: Franklin 7, SHumaxer 17 - X.Rodriges 11


Video

JCH-2008 finali, TAS-IX emas





Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2008
O'tkazilgan joyi:
Braziliya
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Rio-de-Janeyro, Brazilia)
O'tkazilgan sanasi: 30 sentyabr - 19 oktyabr, 2008 yil
Ishtirokchilar: 20 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 292161 (har o'yinga 5217)
Urilgan gollar: 387 (har o'yinga 6.91ta gol)
To'purar: Puli (Rossiya, 16ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Falkao (Braziliya)
Eng yaxshi darvozabon: Tiago (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Ispaniya

Sovrindorlar
CHempion
- Braziliya
Ikkinchi o'rin - Ispaniya
Uchinchi o'rin - Italiya
To'rtinchi o'rin - Rossiya


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq) 

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика