So’nggi yangiliklar

21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  4 21:02Миллар лигаси. Дания, Сербия, Словакия ва Озарбайжон жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:3 (матнли трансляция)  7 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  1 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  12 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  5

Futbolni tushunmagan Gleyzerlar... "Manchester Yunayted" tarixi haqida siz o'qimagan va bilmagan supermegamaqola (1-qism) Yangiliklar

Futbolni tushunmagan Gleyzerlar... "Manchester Yunayted" tarixi haqida siz o'qimagan va bilmagan supermegamaqola (1-qism)

2005 yili ECHL doirasida Ueyn Runi o'z goli bilan "Debrecen"ga qarshi o'yinda jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan paytda, stadion direktorlari lojasidan kinoya ohangida savol yangradi.

"O'shanda: "Endi to'p bilan nima qilish kerak bo'ladi?", - degandi "Yunayted"ning amerikalik egalari.

Bir necha oylar oldin klubda yangi egalar paydo bo'lgandi - Joel, Avi va Brayan ilk marta "Old Trafford"ga boshqaruvchi sifatida kelishgan va futbol olamidagi yangi nigohlarni ko'rishgandi. Brayan esa tom manoda barcha narsani, ayniqsa Runining golini marketingda foydalanish mumkinligini tushunib turardi.

"U beysbol yoki amerikacha futboldagi kabi fikrlardi: "Jamoa to'p bilan bo'lishi shart", - xoum-ran yoki tachdaun qilsa, ochko oladi. Biroq bu Angliyaga to'g'ri kelmaydi. O'shanda Devid Gill shunday javob qaytargan: "Ular to'pni markazdan boshlashadi". Bu tarix - tushunmovchiliklar tarixi. Tilimizga so'z ham kelmay qolgan. Odamlar ularning ustidan kulishmagan. Gap faqatgina tushunmovchiliklar haqida borayotgandi.

"Biz esa bundan ikki xil tushunchani tushunib olamiz: birinchidan, kichkinagina futbol klubiga egalik qilsa ham egalar ushbu sport turining madaniyatini tushunishi kerak (Gleyzerlar esa o'sha vaqtda dunyoning eng katta klubini sotib olishgandi). Ikkinchidan, bu odamlar har bir imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi".

Aynan shunday imkoniyatlar borligi Gleyzerlarga klubni qo'lga olishda turtki bo'ldi. Moliyaviy qaytimlar, stavkalardagi aqlbovar qilmas foizlar va yuzlab millionlik qarzlar ko'p bo'lishi mumkin, bu borada ayrim iqtisodchilar ham yomon fikrda bo'lishgan. Biroq Malkolm boshchiligidagi Gleyzerlar oilasi roppa rosa 15 yil oldin yaratilgan kapitalistik g'oyalar ortidan ergashishdi.

2005 yilning 26 may kunida "Manchester Yunayted" direktorlar kengashi qolgan akcionerlarga o'z akciyalarini sotuvga qo'yishini taklif qilishdi va ularga katta foyda ham berishini takidlashdi. SHu orqali ularda noroziliklar kamaydi.

"The Athletic" nashri jurnalistlari klub tarixidagi bo'lib o'tgan ushbu eng yomon voqealarni qayta ko'rib chiqdi, arxivni ko'tarishdi va o'sha voqeadan keyingi yillarda "Manchester Yunayted"da nimalar bo'lganini tekshirishdi. Malumotlar esa quyidagilarni o'z ichiga oldi:

- klubni sotib olish 790 million funtga baholangandi. Ammo Gleyzerlarga hamyoniga bu summa 270 million funt qimmatroqqa tushdi. Lekin aytilishicha, o'sha paytda Gleyzerlar oilasi klubdan 200 million funt pul olgan ekan.

- Ularning foydaga qaratilgan tizimi, tabiiyki "Yunayted"ni o'zgartirdi, bu esa ijrochi shaxslarning klubdan ketishiga olib keldi va yakunda MYU boshqa klublarga o'xshab qoldi.

- "Yunayted" "Etihad Airways" bilan deyarli kelishuvga erishgandi, unga ko'ra kompaniya klubning titul homiysi bo'lishi kerak edi, biroq keyinchalik ular "Manchester Siti" bilan bog'lanishdi.

- Rahbariyatda 6 nafar Gleyzerlar bo'lsa-da, aynan Joel "asosiy boshliq" hisoblanar, u Vashingtonda devoriga Jorj Best rasmi osilgan ofisida kuniga 8 soatdan oshiq vaqt davomida "Yunayted" borasida ishlardi.

- Joel avvaliga o'zining ishonchi, keyinchalik Ole Gunnar-Sulsherning yaxshi jamoa qura olishini his qilganidan keyingina transferlarga ruxsat beradi.

- Gleyzerlar oilasi "Yunayted"ga uzoq vaqt davomida egalik qilishmoqchi. Aytishlaricha, o'tgan yili klubni Saudiya Arabistonidan bir xaridor sotib olmoqchi bo'lgan, lekin amerikaliklar faqatgina 20 foiz akciyani sotishini malum qilgan.

- Gleyzerlar "Yunayted"ga kelganida avvaliga "Old Trafford"ni qayta qurishni reja qilishgan. Ammo bundan moliyaviy manfaat bo'lmasligi sababli loyihadan voz kechilgan.

- Klubni sotib olish yo'lida Gleyzerlar oilasi xohishlarini qanoatlantiradigan xaridorlar juda kam.

- Klub boshqaruvini o'z qo'liga olish amerikaliklarga 1,5 milliard funtga tushgan. Bunga foizli stavkalar, qarzlar va yana bir qancha xarajatlar ham kiritilgan.

Katta hajmli pullar klubga moliyaviy zarba berishi 2005 yilning 26 may kuni jo'natilgan kontekst xatda ham yozilgandi. O'shanda "Yunayted" vakillari Ser Roy Gardner, ijrochi direktorlar Yan Much hamda Jim O'Nilga ketish haqida ariza yozishlarini taklif qilishgandi.

Ushbu voqealardan 11 kun oldin Ser Aleks Fergyuson bir muxlisning qo'ng'irog'iga javob berganida yana bir istefo haqida gap borgandi. Endi Uolsh "Manchester Yunayted"ning mustaqil muxlislar associaciyasi aktivchilaridan biri edi. APLning so'nggi turida "Yunayted" "Sautgempton"ni mag'lub etganidan keyingi kunida u Britaniya futbolidagi eng buyuk insonlardan biriga qo'ng'iroq qilgan va g'alati taklif bergan:

"Men Aleks Fergyusonga qo'ng'iroq qildim va undan istefoga chiqishini so'radim", - dedi Uolsh.

Uolsh va Fergyuson bir necha oylardan buyon muloqotda bo'lishgan va o'shanda Endi murabbiyni, mayda detallar va principlarga etiborli shaxs deb ataydi.

"U haqiqatdan ham klubning boshqalar qo'liga o'tishida muxlislarning ham fikrini eshitish kerak deb hisoblardi", - dedi Uolsh.

2004 yilning noyabr oyida muxlislar yig'ilishida Fergyuson shunday degandi:

"Biz klubning boshqalar qo'lida bo'lishini istamaymiz".

Biroq oradan olti oy o'tib, Gleyzerlarning poziciyasi yanada mustahkamlandi va o'shanda shuni tushunishdiki, muvaffaqiyatga erishish yo'lida ularni to'xtatmoqchi bo'lganlarga xalaqit qilishda davom etaverish kerak.

"Bu bizning so'nggi umidimiz edi", - dedi Uolsh.

O'shanda g'alati nazariya o'rtaga tashlangandi.

"Gleyzerlar klubni qarzlar evaziga sotib olishdi. SHu boisdan korporativ xaridorlar oilaning talablarini bajarish uchun ham klubga qiziqish bildirishmadi", - deb qo'shimcha qiladi Uolsh.

1931 yildan keyin qarz nimaligini bilmay kelgan klubga 580 million funt qarz berildi. Bu esa ilk yilda foizlari bilan qo'shganda 63 million funtga ko'paydi.

"Klubdagi asosiy ijrochilar - Fergyuson yoki Gillning yonbosuvidan ayrilsak, bu juda qattiq zarba bo'lishini bilib turardik"

Uolsh "Shareholders United" kompaniyasi bilan ishlarni olib boradigan, klub borasidagi o'zining taklifi bilan ishlayotgan Yaponiyaning "Nomura" banki bilan hamkorlikdagi muxlislardan biri edi. Qaysidir manoda uni idealist inson deb aytsak bo'ladi.

"Agarda Gleyzerlarning sotib olish ishlari o'xshamaganida, muxlislarning shaxsan o'zlari Fergyusonni o'z qo'llari bilan olib kelishgan bo'lardi", - deb davom etadi u.

Lekin u realist inson.

"Fergyuson nafaqat o'zi va oilasi uchun, balki uning o'zi "Old Trafford"ga olib kelgan insonlar va u erda ishlayotganlar uchun javobgarlikni o'z bo'ynidan olib tashladi".

"Undan tavakkal qilishni so'radik. Lekin unga hech qanday yuridik kafolatlar bera olmasdik. Faqatgina gaplashib o'tirgandik. Umuman olganda bunday holatda odamlar emas, aynan muxlislar, yani, klubni yuqori darajaga chiqishini istaydigan, doimo g'alabalar ko'rishni istaydigan muxlislar klubni boshqarishiga ishonardik. Men ham telefondagi suhbatda shuni Aleks Fergyusonga tushuntirmoqchi bo'lganman. Uni qattiq hurmat qilaman va qarorini to'g'ri tushunaman.

SHu orqali Britaniya futboli tarixidagi eng dahshatli jang yakuniga etdi va Gleyzerlar "Manchester Yunayted"ni o'z mulki qilib oldi. Boshqaruvda Maykl va uning olti o'g'li: Joel, Avi, Braĭan, Kevin, Darsi va Edvard paydo bo'ldi.

Ushbu voqeliklardan "Manchester Yunayted"ning ko'plab muxlislari o'z noroziliklarini bildirishdi. Ayrimlari esa buning ortidan "FK Yunaĭted of Manchester" jamoasi tashkil qilindi. 2010 yilda esa muxlislar ushbu klubni sotib olishdi va jamoaga "Qizil ricarlar" laqabini qo'yishdi. Stadion bunga qo'shimcha sifatida tillarang-yashil rangga bo'yaldi. "The Athletic" nashrining aniqlashicha, shuning natijasida MYU rahbariyati ayrim narsalarni yo'qotganini tushundi va shu sababli Gleyzerlar o'z narxini oshirib tashladi.

O'sha yili yanvar oyida klub birorta transferni amalga oshirmasligi kutilgandi, shuning ortidan rahbariyatga qarshi bo'lgan ovozalar ko'payib ketdi. "Norvich", "Byornli" va "Tranmer Rovers" jamoalariga qarshi o'yinlarda katta namoyishlar bo'lib o'tdi, hatto policiya Ed Vudvordning uyida yonuvchan modda ishlatgan odamlarga nisbatan jinoiy ish ochdi.

Ushbu sabablar tufayli klubning sobiq direktorlari "The Athletic" nashriga anonim tarzda intervyu berishga rozi bo'lishdi, chunki 2004 yil oktyabr oyida klub kotibi Moris Uotkins vandalizm qurboni bo'lgani hali ham muhokamada edi: klubdagi 2,5 million funtlik akciyasi Gleyzerlar qo'liga o'tganidan keyin kotibning mashinasiga qizil bo'yoqda yozuv yozib, tahdid qilishdi. SHu bilan bir paytda Malkolm Gleyzerning qo'g'irchog'ini "Stretford End"ga osib qo'yishdi.

SHunga o'xshash hissiyotni 2005 yilning 29 iyun kunida ham, Gleyzerlar oilasi ilk marta "Old Trafford"ga kelishganida his qilish mumkin bo'ldi. "The Athletic" o'sha davrdagi odamlar bilan gaplashganida, ko'plab insonlarning aka-ukalardan jahli chiqqanini, keyinchalik chiqish yo'llari berkitilib, policiya mikroavtobusi yordamida ularni olib chiqib ketishganini aytib o'tishdi.

SHumi yoki boshqa voqelik bo'lganmi, bilmadik, lekin Gleyzerlar qilgan tavakkal ishi kutilgan natija berganini his qilishgan. So'nggi hisobotlarga ko'ra har yillik dividendlar 84 mln funtni tashkil qilgan, unga Nyu-York fond birjasida qo'lga kiritilgan 75 million funtni ham qo'shsa bo'ladi. SHuningdek, 2005 va 2012 yillar davomida boshqa kompaniyalardan qo'shimcha imtiyozli kreditlarni, plyus akciyalar sotuvini ham qo'shimcha qilish mumkin. Demak, Gleyzerlar 200 million funtdan oshiq mablag'ni qabul qilib olishgan.

Dividendlar yilda ikki marta to'lanadi: so'nggi to'lov yanvar oyida 11,3 mln funt miqdorida amalga oshirilgan. Klubning egalari sifatida Gleyzerlarning 6 vakili pulni 8,8 mln funtdan bo'lishib olishgan. Undan tashqari, har bir akciya uchun 0,09 funtdan to'lov 3 iyun kunida to'langan va bu kutilmagan daromadning ekvivalentiga koronavirus pandemiyasi tasir o'tkazmagan. Balki bu ham "Yunayted"da futbolchilarning maoshi pasaytirilmaganligining sababi bo'lsa kerak.

"Yunayted" biror marta biror personalni davlat hisobidan mehnat tatiliga chiqarmagan. Klub davlatning maxsus imkoniyatidan foydalanib, 10 million funt miqdoridagi qo'shimcha qiymat solig'ini bir yildan keyin to'lash borasida imtiyoz oldi. Bu vaqtda klub malum bir davrda narxlarning pasayishiga yo'l qo'ymaslik uchun 3,6 mln funtni akciyalarni sotib olishga ajratdi. Biroq hozirgi vaqtda klubning qo'shimcha dividendlar to'lash borasida rejalari yo'q.

"Manchester Yunayted" akciyalarining o'sishi

SHuningdek, "Yunayted" yilning chorak qismida qarzlari 429 million funtga o'sganini aytdi. Byudjetdagi bunday pasayishning asosiy sababi Xarrri Maguayr va Brunu Fernandeshning xaridi bilan tavsiflandi. Dollardagi yalpi qarz miqdori esa o'sha-o'sha 650 million dollar (taxminan 530 mln funt)ni tashkil qilmoqda.

Gleyzerlar davrida ko'rilayotgan katta foyda va teletranslyaciyalar sababli transferlar va futbolchilarning maoshi uchun ishlatilgan mablag' rekord darajaga o'sdi. Biroq jamoa 2013 yildan buyon chempionlikka davogarlik qilmay qo'ydi. Fergyuson ketganidan buyon boshqaruv kengashi yana yuqori natijalar erishish uchun pul yig'a olmayapti.

Bir savol tug'iladi: Gleyzerlar klubni sotib yuborish borasida qiziqib ko'rishdimi? Ushbu mavsumda saudiyaliklar bu borada qattiq ishlar olib borishdi, biroq yakunda ularning nigohi "Nyukasl"ga tushdi. "The Athletic" bog'langan investorlarning aytishicha, potencial xaridorlarni qay yo'sinda tanlab olsa ham, klubning bir necha milliardga narxlangan narxi o'sishda davom etaveradi.

"Gleyzerlarning "Manchester Yunayted"ga bog'lanib qolishganini odamlar tushunishmayapti", - dedi sobiq direktor.

"Odamlar ularni bir dasta pul bilan klubdan ketkazib yuborishmoqchi, lekin ularning ketishi uchun juda katta summa kerak. Ular shunchaki ketishmaydi, ular o'zlaridan keyingi xo'jayinlarni qandayligini bilishlari kerak. "Manchester Yunayted"ning egasi - juda katta nom".

Garchi klubni sotib olgan bo'lsa-da, bir necha manbalarning aytishiga ko'ra, Malkolm Gleyzer biror marta "Old Trafford"ga kelmagan. Oilaboshi 2014 yilning 28 may kunida vafot etgan. To'g'risini aytganda u "Manchester Yunayted"ning tarixini o'zgartirib yuborgan, ammo amalda biz deyarli hech nimani bilmaymiz. Biz yagona malumotni oilaning bir azosi, 2005 yil iyunida "Old Trafford"ga kelgan Joelning intervyusidan olishimiz mumkin. U o'shanda muxlislar bilan muloqot "juda ham muhim" deb aytgandi.

"Muxlislar - klubning hayotiy kuchi. Odamlar klubda nimalar bo'layotganini ko'rishni istashadi. Ular bilan muloqotni qo'llab-quvvatlaymiz".

Biroq oradan bir yo'l o'tib, "Yunayted" hisobotlar borasida malumotlarni taqdim qilganida Gleyzerlarning piar xodimi Texsin Nayani  shunday gaplarni aytgandi:

"Biz matbuot bilan gaplashmaymiz, intervyu yoki press-reliz bermaymiz"

Keyinchalik Nayani o'z kitobida Gleyzerlar haqida keng ko'lamli malumotlarni taqdim qildi. Uning yozishicha, aka-ukalar "Debrecen"ga qarshi o'yin uchun atayin qizil galstukda borishgan. SHuningdek, u "Tampa-Beĭ Bakkanirs" jamoasining o'yinidan oldin Malkolm bilan qay tariqa tanishib qolganini aytgandi.

"Sariq sochlar Malkolmga yarashib turardi, uning ko'k ko'zlari mening diqqatimni tortdi, u menga qo'lini uzatganida hayotimdagi eng yaxshi qo'l siqishish bo'lganini his qildim"

Muzokaralardagi javobgarlik Vudvordga yuklandi, manbaning aytishicha, "u o'z oilasi bilan tanaffussiz, tez-tez gaplashib turgan".

"Yunayted"ning ijrochi direktori Joel bilan juda ham yaqin bo'lgan. Aytilishicha, ular ECHL finalida "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlamoqchi bo'lganida Moskvadagi "Lujniki" poliga yiqilib tushishgan.

Joelning ofisi devoriga 2008 yili Manchester derbisidan olingan surat ham osilgan, o'shanda Myunxen fojeasiga 50 yil to'lgandi. O'sha paytda klub liboslarida homiylar bo'lmagan. Uning Vashingtondagi ofisida "Yunayted" kiyinish xonasining birga bir nusxasi bor. Unda har bir o'rindiqqa futbolchilarning liboslari ilib qo'yilgan. Direktorlar kengashi zalida esa Jorj Bestning 1968 yili Evropa chempionlari Kubogi finalidan rasmi bor.

"Bakkanirs"ning 2003 yili Super Bouledagi g'olibligidan keyin ham Malkolmda sportga bo'lgan muhabbat unchalik yorqin bo'lmagan. Uning hayotidagi ushbu aspektga tegishli bir malumotni 2000 yilda Gleyzerlar oilasi bilan kitob yozish borasida gaplashgan jurnalist Allen Sent-Jons taqdim qilgan.

O'sha vaqtda Gleyzerlar "qaroqchilar"ga 5 yil davomida boshchilik qilishgan, biroq Sent-Jon "The Athletic" nashriga shunday degandi:

"Ular bilan amerikacha futbolni bir marta bo'lsa-da muhokama qilganimizni eslay olmayman. U: "Mana nima uchun men jamoamni yaxshi ko'raman", deb aytmagan. Klublarning ko'plab egalari bu so'zlarni gapirishni yaxshi ko'rishadi".

(Davomi bor)

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика