Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentda Hindiston bilan 2 ta o'yin o'tkazadi
21 avg 2019 13:27
Yangiliklar
Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentda Hindiston bilan 2 ta o'yin o'tkazadi
Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 6-13 sentyabr kunlari qo'shni Qirg'izistonning Qorako'l shahrida o'tkaziladigan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur musobaqa oldidan futbolchi qizlarimiz Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borishadi. Poytaxtimizdagi yig'in 27 avgust – 5 sentyabr oralig'ida tashkil etiladi. Bundan tashqari ushbu yig'in doirasida 2 ta o'rtoqlik o'yini ham o'tkaziladi. Terma jamoamizga Hindiston ayollar milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Dastlabki uchrashuv 29 avgust kuni bo'lib o'tadi. Ikkinchi o'yin esa 2 sentyabr kuni o'tkaziladi.
Har ikki uchrashuv ham “Yakkasaroy” stadionida soat 17:00da start oladi.
Fikrlar