Flik: "Chelsi" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu "Barselona" uchun yaxshi sinov"
25 noy 20:13
Yangiliklar
Flik: "Chelsi" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu "Barselona" uchun yaxshi sinov"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasining 5-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Chelsi" bilan o'ynayotganimizdan juda xursandman, chunki biz o'z imkoniyatlarimizni sinab ko'ra olamiz. Bu yaxshi sinov. Biz har doim raqibga moslashib o'ynaymiz. Har bir jamoaga qarshi qanday imkoniyatlarimiz borligini ko'rib chiqamiz. Har bir o'yin — alohida ahamiyatli.
"Chelsi" — dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ularda rivojlanishning fanstastik modeli, ajoyib o'yinchilar va murabbiy bor. Ularning o'yinini tomosha qilish yoqimli. Ularda yosh jamoa bor va biz yuqori sifatli futbol namoyish qilishimiz kerak bo'ladi. O'zimizga ishonamiz va kurashamiz", – dedi Flik.
"Chelsi" – "Barselona" uchrashuvi bugun 01:00 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar