FIFA reytingida O'zbekiston 8 pog'ona yuqoriladi, Osiyoda to'rtinchi o'rindamiz
13 fev 2014 15:26
Yangiliklar

FIFA reytingida O'zbekiston 8 pog'ona yuqoriladi, Osiyoda to'rtinchi o'rindamiz
FIFA milliy terma jamoalarning yanvar oyi reytingini elon qildi.
Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oyga nisbatan sakkiz pog'ona yuqorilab 57-o'rinda chiqib oldi. Ayni paytda Mirjalol Qosimov shogirdlari 569 ochkoga egalar. Terma jamoamiz Osiyoda oltinchidan to'rtinchi o'ringa chiqdi.
Osiyo qitasida hamon Eron termasi peshqadam. Forslar 38-o'rindalar. Yaponiya esa 50-o'rinda. 53-o'rindagi Avstraliya qitada uchinchi. BAA 58-pog'onada. JCH-2014ga yo'l olgan Janubiy Koreya 8 pog'ona pasayib 61-o'ringa tushib qolgan. Koreyslar Osiyoda oltinchi o'rindalar.
Umumiy ro'yxatni hamon Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ulardan so'ng Germaniya va Argentina terma jamoalari joy olishgan.

To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Fikrlar