So’nggi yangiliklar

19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  0 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  23 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  3 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  15 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5

Fayzulla Qambarov: "Omadimiz kelmasa, yulduzli tarkib bilan ham aytarli natijaga erishish qiyin" Yangiliklar

Fayzulla Qambarov: "Omadimiz kelmasa, yulduzli tarkib bilan ham aytarli natijaga erishish qiyin"

Superliganing 21-turida “Qizilqum” o'z maydonlarida “Turon”ni qabul qildi.

SHiddatli va murorasiz kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinga qadar klub ishtirokida asosan durang natijalar qayd etilayotgandi. Xo'sh, “Qizilqum” mavsumni qaysi o'rinlarda tugatish uchun kurashmoqda? Bunga javob olish maqsadida klubning etakchi futbolchisi Fayzulla Qambarov bilan suhbatlashdik.

- Superliga doirasida oxirgi marotaba Bekobodda kechgan bahsda g'alaba qozongandik, - deya gap boshladi Qambarov. G'alabamizni muxlislarimiz ancha kutib qolishdi. Ketma-ket durang natijalardan zerikkandi. “Turon” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng futbolchilar va muxlislarimizning ham kayfiyatlari haminqadar ko'tarildi. “Turon” bilan bahs ancha qiyin kechdi. Har holda ular Superligada qolish uchun kurashmoqda.

Ketma-ket durang natijalar haqida
- Darhaqiqat, bu mavsumda eng ko'p durang o'ynagan jamoa bo'lib turibmiz. Menimcha, ko'p durang qayd etilayotganiga o'yinlarda omadimiz kelmayotgani bilan bog'liq deb o'ylayman.

Sovrinli o'rinlar uchun kurash to'g'risida
- Biz haligacha bu maqsadimiz yo'lida qaytganimiz yo'q. Mavsum boshida yuqori o'rinlarning birini qo'lga kiritish uchun kurashga qo'shilgandik. Afsuski, keragidan ortiq ochkolarni qo'ldan chiqarganimiz tufayli ochkolarimiz sonida pasayish kuzatildi. Ikkinchi davrada ko'plab o'yinlarda durang o'ynadik. Lekin oldimizda turgan bahslarda ijolbiy natijalar ko'rsata olsak bo'ladi. Hali imkoniyat to'liq qo'ldan boy berilgani yo'q.

Tarkib borasida
- CHindan ham bu mavsumda tarkibimiz ancha kuchaytirildi. Eng mahoratli futbolchilar jalb qilindi. Bu yigitlar ham “Qizilqum” bilan sovrinli o'rinlarning birini egallab, kelgusi mavsumda xalqaro maydonda to'p tepish imkoniyatiga ega bo'lishni niyat qilgan. Lekin futbolda omadga ko'p narsa bog'liq. Omadimiz kelmasa, yulduzli tarkib bilan ham aytarli natijaga erishish qiyin.

Maydondagi roli haqida
- O'ylashimcha, hech bir futbolchi mavsum davomida ko'rsatgan o'yinidan to'liq qoniqish hosil qilmaydi. Jumladan, men ham. Ko'proq jamoaga yordam berishni istayman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика