So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  236 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

"Evro-2021 hamda Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lishimizga ishonaman". Ispaniyalik yosh vunderkind Dani Olmo bilan suhbat Yangiliklar

"Evro-2021 hamda Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lishimizga ishonaman". Ispaniyalik yosh vunderkind Dani Olmo bilan suhbat

2020 yil futbol olamida kutilmagan voqealarga boy tarzda o'tmoqda.

Ayniqsa, pandemiya davri va undan keyingi bosqich ko'pchilikka unutilmas onlarni taqdim etdi. SHu bilan birga, o'tgan mavsum davomida aksariyat muxlislar etibori yosh talantlarga qaratildi, desak yangilishmaymiz, ayniqsa, Bundesligada. Sancho, Xoland, Upamekano singari yosh vunderkindlar o'z klublarida yorqin natijalar hamda bir qancha shaxsiy rekordlarni qayd etishdi. Ularning orasida yana bir yosh, istedodli ispan futbolchisi ham borki, u haqida qisqacha so'z yuritamiz.

Dani Olmo "Leypcig" klubining hujumkor yarim himoyachisi hisoblanadi. O'tgan yili noyabr oyida milliy jamoaga chaqiruv olgan Dani 4ta bahsda maydonga tushib, raqiblari darvozasini bir marotaba ishg'ol etdi. Qisqa fursat ichida yomon natija emas. U "buqalar" safida esa yanvardan beri faoliyat yuritib keladi va 15ta uchrashuvda 3ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ya olgan. Lekin Olmo haqida gap ketganda baribir uning bu kabi yaqin o'tmishdagi natijalari esga kelmaydi. U o'zi eng qadrli deb hisoblagan hamda faoliyatidagi eng yirik titul shubhasiz U-21 Evropa chempionligidir. Buni u quyidagicha xotirlaydi:

"Qachonki men bu musobaqani eslasam, etim beixtiyor jimirlab ketadi, ajoyib tuyg'ularni qayta boshdan kechiraman. Har bir futbolchining karerasidagi unutilmas va yorqin bitta mundiali esida uzoq saqlanadi. To'g'ri, hali men juda yoshman, lekin 2019 yildagi Evropa chempionati mening hozirgacha eng yirik g'alabam va u o'zim uchun ko'p qirralarni ochishimga sabab bo'lgan turnir hisoblanadi. Ungacha men qanot futbolchisi edim, keyinchalik o'yinlar davomida hujum ortida o'ynay boshladim. SHundan keyin meni golga bo'lgan ishtiyoqim ortib ketdi desam yangilishmayman", - deydi Olmo.



Dani Olmo o'sha paytlar Zagrebning "Dinamo" klubida to'p tepar edi. O'zi uchun omadli kelgan mundialda u ketma-ket 4 bahsda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Finaldagi yorqin o'yini sabab "man of the match" sovrinini qo'lga kiritdi. O'zining kichik-kichik shaxsiy muvaffaqiyatlari natijasi o'laroq yuqorida takidlanganidek, dastlab milliy jamoaga, keyinchalik Germaniyaning nomdor klublaridan biriga borib qo'shiladi. 2020 yil u va klubi uchun misli ko'rilmagan natijalarga boy bo'ldi.

"2019 yil men uchun sovrinlarga boy bo'lgan, lekin 2020 yil shunchaki ajoyib edi. Tan olish kerak, o'tgan mavsumdagi natijalarimizni ko'pchilik qatori bazi muxlislarimiz ham kutmagan edi. Borimizni berib ter to'kdik hamda ECHL kuchli to'rttaligidan joy oldik. Bu klub tarixidagi eng katta va tarixiy natija hisoblanadi. Bundesligada ham yorqin o'yinlar bilan 3-o'rinni egalladik. O'sha mavsumning hissiyotlari hali ham meni tark etgani yo'q (kulgi bilan)", - deydi Dani.




Dani Olmo futbolchilar oilasida voyaga etgan. Uning otasi Maykl Olmo yoshligida Ispaniyaning bir qator pastki divizion klublarida to'p tepganini ko'pchilik bilmasligi mumkin. Hozir esa Bahraynning "Manama" klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab keladi. Akasi Karlos Olmo esa Zagrebning "Dinamo 2" klubi himoyachisi hisoblanadi.

"Men haligacha ulardan ko'p narsa o'rganaman. Otam va akam menga maydonda va uning tashqarisida qanday inson bo'lish kerakligini uqtirishadi. Otam juda katta tajribasi bilan menga namuna bo'lib kelmoqda", - deydi Olmo.


 


Bilasiz, Dani "Barselona" maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin u 16 yoshida "La Masiya" ni va umuman shaharni tark etishga qaror qildi. Asosiy tarkibdan joy tegavermagach, Zagrebga yo'l oldi va shaharning asosiy jamoasi tarkibidan muqim o'rin egalladi. O'yin darajasi ham aynan Xorvatiya diyorida yuqori tempda o'sib bordi. Keyinchalik u o'zining bu qarorini mashg'ulotlar jarayonidan katta o'yinlarga qo'yilgan dastlabki va jiddiy qadam deb baholadi, "Barselona"dan minnatdorligini alohida takidlab o'tgan.

Olmoning ushbu mavsum hamda kelasi yilgi mundiallardan umidi katta.

"Pandemiya davri futbolning juda ko'plab sohalariga salbiy tasir ko'rsatdi. Anchayin tig'iz taqvimda o'ynashimizga to'g'ri keladi. Bunda energiyani bir maromda taqsimlash eng muhim vazifamiz hisoblanadi. Buning ustiga kelasi yil ikkita katta musobaqa meni kutib turibdi - Evropa chempionati va Olimpiya o'yinlari.

Milliy termada Luis Enrikening tarkibidan joy olish menga faxr tuyg'usini beradi. Olimpiya o'yinlarida qatnashish esa nafaqat futbolchi, balki hamma sportchining orzusi hisoblanadi. Ikkala turnirni ham yutishimizga ishonyapman. Uni hozirdan masuliyatiani his qilish deyarli imkonsiz. Menimcha futbolchi uchun bundanda ko'proq motivaciya bo'lmasa kerak. Kelasi yil fantastik tempda o'tishi shubhasiz. Klubdagi jamoadoshim Klosterman ham buni takidlagan.

U 2016 yil Braziliyaga qarshi Olimpiada finalida o'ynagan. Ushbu musobaqa taassurotlari bilan o'rtoqlashganda uning naqadar masuliyati yuqori ekanligini his etaman. Meni bekorga termaga chaqirishgani yo'q albatta. Ishonch bildirishdimi, o'yin darajamni yanada oshirib, bunday imkoniyatni oqlashga harakat qilaman. Buning uchun esa meni tinimsiz mehnat kutib turibdi", - deydi futbolchi.



Darhaqiqat, "qizil furiya" tarkibi yildan yilga yosharib bormoqda. Avlodlar almashinuvi ijobiy effekt berayotganini har qalay natijalar isbotlab turibdi. Luis Enrike jamoasi ketma-ket 15 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyani qayd etishmoqda. SHubhasiz, Ispaniya Millatlar Ligasining asosiy favoritlaridan biri hisoblanadi. Kelasi yilgi Evro-2021 da ham yuqori tempda harakat qilishlari uchun ularga Dani Olmo singari yosh istedod egalarining sermahsul natijalari hali ko'p asqatadi.


FIFA.COM saytidan Yusufbek tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика