Kristensen "Barselona"dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Sherzod Nurmatov
19 sen 2025
"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen Kataloniya klubidagi vaziyati haqida fikr bildirdi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, o'tgan mavsum og'ir kechgan va u jamoada o'zini yaxshiroq namoyish etish uchun Daniya terma jamoasiga chaqiruvni ham rad etgan. 29 yoshli daniyalik ham uning taklifi qabul qilinganini qo'shimcha qildi.

"Shartnomamni uzaytiraman deb o'ylayman. Men o'z his-tuyg'ularimni va klubga bo'lgan muhabbatimni bildirdim. Men shu yerda qolmoqchiman", – dedi Kristensen.

Kristensen Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 2 o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS