Ispaniya Superkubogi uchrashuvlari sanasi malum
29 sen 2025 19:18
Yangiliklar
Ispaniya Superkubogi uchrashuvlari sanasi malum
"Atletiko" – "Real" uchrashuvi 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi. Ispaniya futbol federaciyasi (RFEF) turnir uchun tarkib va joyni rasman tasdiqladi.
Musobaqa qatnashchilari:
"Barselona" – Ispaniya chempioni va Ispaniya Kubogi sohibi;
"Real" – Ispaniya vice-chempioni va Ispaniya Kubogi finalchisi;
"Atletiko" – Ispaniya chempionati 3-o'rin sohibi;
"Atletik" Bilbao – Ispaniya chempionati 4-o'rin sohibi.
Yarim final juftliklari:
7 yanvar: "Barselona" – "Atletik" Bilbao
8 yanvar: "Atletiko" – "Real"
Final 11 yanvar sanasiga belgilangan.
Turnir formati
Superkubok "To'rtlik final" formatida o'tkaziladi: ikkita yarim final va final. Agar asosiy vaqt durang bilan tugasa, jamoalar qo'shimcha vaqt o'ynaydi, keyin taqozo etsa, penaltilarga murojaat qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar