So’nggi yangiliklar

09:05“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум  2 08:33“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи  1 08:00Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади  0 07:28Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда  28 02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  4 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  2 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  4 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  4 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  7 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  11 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5

Etakchilarimizdan biri gipsini echtirdi, jarohatlanganlar va betoblar bor. O'zbekiston futzal terma jamoasi lageridan daraklar GALEREYA Yangiliklar

Etakchilarimizdan biri gipsini echtirdi, jarohatlanganlar va betoblar bor. O'zbekiston futzal terma jamoasi lageridan daraklar GALEREYA

Ayni paytda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Bu haqda xabar bergan edik.

Qita birinchiligiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borayotgan O'zbekiston MTJ Ummon terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishgani haqida ham biroz avval xabar bergandik.

Futzal. O'zbekiston MTJ Ummon bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

Afsuski, terma jamoaning mashg'ulotlarida bir yo'la 4 nafar futzalchi ishtirok eta olmayapti. Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov va Ilhom Hamroevlar shamollab qolgan bo'lsa, Klim Tyugaev tizzasidan kichik jarohat olgan. Bundan tashqari, jarohat olgan yana bir o'yinchi SHahzod Sadievning o'rniga yig'inga "Dinamo"ning boshqa bir azosi Laziz Ubaydullaev jalb qilingan.

Dilshod Rahmatov shamollash sabab mashg'ulotlarni vaqtincha o'tkazib yubormoqda.


Klim Tyugaev esa tizzasidan engil jarohat olgan.


Terma jamoa lageridan yaxshi yangiligimiz ham bor. Etakchilarimizdan biri Davron CHoriev bugun oyog'idagi gipsni oldirdi. Hozircha hammasi joyida va murabbiylar dushanbadan uni mashg'ulotlarda kutishayotganini takidlashdi.

Davron CHoriev bugun oyog'idagi gipsni echtirdi. Hammasi joyida bo'lsa dushanbadan engil mashqlarni boshlaydi.


Bugun jami 16 nafar futzalchi mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Yana 5 nafar o'yinchi dushanbadan yana mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Ayni paytda murabbiylar o'yinchilarning jismoniy holatini yaxshilash ustida ishlashmoqda va yuklamalar berilmoqda. Mashg'ulotlar quvnoq, shu bilan birga yigitlar uchun charchoq bilan o'tmoqda)

Rustam Umarovga qarab yuklamalar qay darajada bo'layotganini taxmin qilishingiz mumkin)


Yig'inda ishtirok etayotgan futzalchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Rustam Umarov (AGMK), Ravshan Eliboev ("Paxtakor"), Abbos Elmurodov ("Lokomotiv"), Klim Tyugaev ("Lokomotiv").

O'yinchilar: Anasxon Rahmatov (AGMK), Mashrab Odilov (AGMK), Ixtiyor Ropiev (AGMK), Ilhom Hamroev (AGMK), Dilshod Rahmatov (AGMK), Husniddin Nishonov (AGMK), Akbar Usmonov (AGMK), Xushnur Erkinov ("So'g'diyona"), Sunatulla Jo'raev ("Nasaf"), Abdulla Solihov ("Lokomotiv"), Ravshan Ismatullaev ("Dinamo"), Javlon Anorov ("Maksam-CHirchiq"), Konstantin Sviridov ("Maksam-CHirchiq"), Dilmurod SHavkatov ("Paxtakor"), Farhod Abdumavlonov ("Paxtakor"), Laziz Ubaydullaev ("Dinamo").


Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan ajoyib kadrlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov


Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida 16 terma jamoa 4 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston MTJ "C" guruhida Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Ummon esa "A" guruhida Turkmaniston, Vetnam hamda Tojikiston termalari bilan bellashadi.

Qitaning eng kuchli 5 jamoasi Litvada bo'lib o'tadigan to'qqizinchi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan ajoyib kadrlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика