So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  7 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  10 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  35 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  272 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39

Eshitdik-da! “Neftchi” hamda “Navbahor” klublarida qanday qarzdorlik mavjud? Yangiliklar

Eshitdik-da! “Neftchi” hamda “Navbahor” klublarida qanday qarzdorlik mavjud?

Teglar :  NeftchiNavbahor
Yaqindagina "Neftchi" va "Navbahor" futbol klublariga legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun uzil-kesil taqiq qo'yildi.

Ko'plab futbol muxlislari bu borada PFL manzili tomon salbiy fikrlar bildirdi. SHu asosda Championat.asia nashri surishtiruv o'tkazishga qaror qildi.

PFL yordam beryaptimi yoki halal?

Malum bo'lishicha, har ikki klubning PFL oldida qarzi mavjud. Biroq transfer taqiqi masalasida bu holat inobatga olinmagan. Yani, PFL qo'mitaga bu borada shikoyat bilan murojaat qilmagan.

Aksincha, PFL qishki transfer oynasi davomida klublarga yordam bergan. Yani, ularning maqsadi jiddiy ekanidan kelib chiqib, O'FA qo'mitasi hamda O'zbekiston futbolchilari uyushmasiga PFL taklif bilan chiqqan hamda jamoalar uchun aprel oyi yakuniga qadar muhlat berishni so'ragan. Masalaga PFL aralashgach, qo'mita aprel oyi yakuniga qadar har ikki klubga muddat berdi. Bu bilan klubga ikkita muhim yurishni amalga oshirgan:

a) OFK licenziyalashidan muvaffaqiyatli o'tgan (zero mavjud qarzdorlik sabab ular licenziyadan quruq qolishi mumkin edi);
b) qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazgan (ungacha esa ularda transfer taqiqi mavjud edi).

Biroq har ikki klub ham PFLni noqulay holatda qoldirgan va aprel yakuniga qadar ham qarzlarni yopmagan. Yani, berilgan vada va kafolat o'z holida qolib ketgan.




“Neftchi” kimlardan qarzdor?


Farg'ona klubi ustidan Fozil Musaev, SHarof Muhiddinov, Ulug'bek Hoshimov, Sunnatulla Abdullajonov, Umar Adhamzoda, Asadbek Mo'minov, Azizbek Olimov kabi futbolchilar o'tgan yilning dekabr oyidayoq shikoyat kiritgan. Ular allaqachon boshqa jamoalar sharafini himoya qilmoqda. “Neftchi” esa yangi futbolchilar bilan munosabatga kirishgan. Biroq eski qarzlar osilib qolgan.

SHuningdek, “Neftchi” ayollar jamoasiga 4 oydan buyon na maosh va na mukofot puli beriladi. Futzal jamoasi esa 6 oydan buyon oylik olmaydi.

Bularning hammasi noto'g'ri moliyaviy siyosat oqibati hisoblanadi. “Neftchi” Superligada futbolchilarga eng katta maosh to'laydigan klublardan biri hisoblanadi. PFL Superliga intrigasi yo'lida klubga yordam berishga harakat qilsa-da, bundan to'g'ri xulosa chiqarilayotgani yo'q. Qolaversa, katta maoshlar bilan ham farg'onaliklar kerakli natijani qo'lga kirita olmayapti.




“Navbahor” kimlardan qarzdor?


Namangan klubi ustidan Temurxo'ja Abduxoliqov, Asadbek Sobirjonov, Davron Hoshimov, Abror Ismoilov, Doniyor Abdumannopov, Igor Golban kabi futbolchilar shikoyat kiritgan. Klub hozirgacha ularga berilgan vadalarni bir necha bor o'z vaqtida bajarmagan.

SHuningdek, ayollar jamoasi Namanganda 3,5 oydan buyon maoshsiz qolgan. Futzalchilar esa 4 oydan buyon uyiga pul olib kirmaydi. Barcha mablag' faqat katta futbolchilarga katta oylik-maosh to'lash uchun sarf etiladi.

Xulosa


Surishtiruvda PFL, O'FU, O'FA mutaxassislaridan tashqari, har ikki klubning sobiq va amaldagi futbolchilari ham ishtirok etdi. Biroq biz ularning kimligini ochiqlamoqchi emasmiz. Aniqlangani shuki, katta futbolchilar ham moliyaviy tartibsizlikdan umidsizlikka tushib qolgan va bu natijaga ham tasir o'tkazmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика