Eldor SHomurodov: “Penalti va o'yinni boshqarib borgan hakam to'g'risida hech nima deya olmayman”
01 mar 2017 11:36
Yangiliklar
Eldor SHomurodov: “Penalti va o'yinni boshqarib borgan hakam to'g'risida hech nima deya olmayman”
Kecha OCHLning guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida Toshkentning “Bunyodkor” klubi BAAning “Al Ayn” jamoasini qabul qildi va 2:3 hisobida raqiblariga mag'lub bo'ldi.
Ushbu bahsdan so'ng “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor SHomurodov o'z fikrlarini bildirdi.
“G'alaba qozonadigan o'yinimizda mag'lubiyatga uchradik. Albatta, “Al Ayn”ga qarshi o'z uyimizda imkoniyatni boy berib qo'yganimiz juda ham alamli. Nasib qilsa keyingi uchrashuvda g'alaba qozonsak hammasi yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman. Mag'lubiyatga sabab, qaerdadir omad, qaerdadir tajriba etishmadi. Umumiy oladigan bo'lsak o'yinda barcha futbolchilar birdek harakat qildi. Penalti va o'yinni boshqarib borgan hakam to'g'risida hech nima deya olmayman. Ularni nazorat qiladiganlar bor”, - deydi “Bunyodkor” klubi futbolchisi Eldor SHomurodov.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.
Fikrlar