So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  2 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

ECHL. "Arilar" yana "Real"ni "chaqib" oladimi? Klopp Moskvada Kontening do'sti bilan uchrashadi (prevyu) Yangiliklar

ECHL. "Arilar" yana "Real"ni "chaqib" oladimi? Klopp Moskvada Kontening do'sti bilan uchrashadi (prevyu)

Evropa chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan bugungi uchrashuvlarga tayyorlangan prevyuni taqdim etamiz.

"E" guruhida o'tgan turda to'rttala jamoa ham durang qayd etib bir ochkodan jamg'argandi.

"Spartak" Sloveniyada "Maribor" bilan durang o'ynagan bo'lsa, Angliyada "Liverpul" "Sevilya" bilan ochkolarni bo'lishib olishgandi.
Endi esa Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" Moskvada "Spartak" mehmoni bo'ladi.

"Spartak"ning Rossiya chempionatidagi ishlari ko'ngildagidek emas. Jamoa endilikda bor etiborini ECHLga qaratgan holda o'z muxlislarini xursand etishga kirishishi aniq. "Liverpul" esa Rossiya safari oldidan "Lester"ni mag'lub etdi va jamoada ajoyib kayfiyat hukmron.
"Spartak" esa "Anji" bilan o'yinda chiranib bir ochkoni qo'lga kiritdi.

G'azabdagi jamoa bor alamini "Liverpul"dan olishga urinib ko'radi. Ammo jamoalar saviyasidagi farq evaziga "Liverpul"ning imkoniyatlari nisbatan yuqoriroq hisoblanmoqda. Ammo Karrera bu o'yin oldidan APLdagi do'sti Antonio Kontedan "Liverpul" bo'yicha kerakli maslahatlarni olgani aniq. Bu esa "Spartak"ning o'yinga tuzadigan rejasiga kerakli o'zgartirishlarni kiritishi mumkin.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi Ispaniyada bo'ladi. La Liganing o'tgan turida "Atletiko"dan mag'lubiyatga uchragan "Sevilya" "Maribor" bilan kuch sinashadi. Ernesto Markuchchi va Darko Milanich o'rtasidagi murabbiylar qarama-qarshiligida albatta mezbonlarning imkoniyati yuqori. "Maribor" bu to'qnashuvda sensaciya qayd etish uchun kurashadi.  Darko Milanich boshchiligidagi jamoa hozircha joriy mavsumda mag'lubiyat nimalagini bilmay kelmoqda. Jamoa ichki chempionatda o'tkazilgan 10 uchrashuvdan 7tasida g'alaba qozongan bo'lsa, qolgan 3ta o'yinda durang qayd etgan. ECHLda ham hozircha mag'lubiyat alamini tatib ko'rgani yo'q. "Sevilya" ularga ilk "zarba"ni berishga qodirmi? Bunga bugun aniqlik kiritiladi.


"E" guruhi

"Spartak" - "Liverpul" (taxminiy tarkiblar)

"Otkritie Arena" stadioni.

Bosh hakam: Klement Turpin (Franciya)

"Spartak": Rebrov; Eshhenko, Djikiya, Taski, Bokketti, Kombarov; Popov, Fernando, Pashalich; Rosha, Luis Adriano
O'ynamaydi: Zobnin (koleno), Tigiev (koleno), Glushakov (bedro), Ananidze (ikronojnaya myshca)
So'roq ostida: Promes (jarohat), Rosha (jarohat), Ze Luish (jarohat), Davidov (jarohat)

"Liverpul": Karius; Aleksander-Arnold, Matip, Klavan, Moreno; Xenderson, Djan; Salax, Koutino, Mane; Starridj
O'ynamaydi: Gomes (diskvalifikaciya), Lallana (jarohat), Klayn (jarohat)



"Sevilya" - "Maribor" (taxminiy tarkiblar)

"Eshtadio R.Sanchez Pijuan" stadioni.

Bosh hakam: Aleksey Kulbakov (Belorus)

"Sevilya": Riko; Korshya, Langle, Parexa, Eskudero; Banega, N'Zonzi, Pizarro; Navas, Muriel, Korrea.
So'roq ostida: Ker (jarohat)

"Maribor": Xandanovich; Palchich/Milec, Raychevich, Billong, Viler; Kabxa, Vrxovec; Bayde, Axmedi, Boxar; Tavares.
O'ynamaydi: SHuler (jarohat), SHme (jarohat), Vrshich (jarohat)
So'roq ostida: Milec (jarohat), Zaxovich (jarohat)




"F" guruhining 2-turida peshqadamlar va autsayderlar o'zaro duch kelishadi. Manchesterda Xosep Gvardiola hamkasbi Paulo Fonseka bilan bellashadi.
"Siti" o'tgan turda safarda "Feyenoord"ni tor-mor keltirgan bo'lsa, "SHaxtyor" o'z uyida "Napoli"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi.

Bugun esa Manchesterda kim guruhning yakka peshqadamiga aylanishi haqidagi savolga javob beriladi. Bu bahsda "Manchester Siti"ning imkoniyatlari ancha yuqori. Jamoa hozir o'zining optimal sport formasida. "Siti" oldidan chiqqan raqibi darvozasiga kamida 4tadan gollar yo'llamoqda. Bu esa "SHaxtyor"ni mudofaa chizig'i uchun ogohliq qo'ng'iroq bo'lgani tabiiy.

"Kvartet"dagi navbatdagi o'yin Neapolda o'tadi. O'tgan o'yinda yaralangan "sherlar" misoli g'azabda turgan ikki jamoa 3 ochko uchun kurash olib boradi.
"Napoli"ni boshqa xato qilishga haqqi yo'q. "Feyenoord" uchun esa bu o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Jovanni van Bronxorst jamoasi bu uchrashuvda kerakli ochkolarni qo'lga kiritsa, unda gollandiyaliklar guruhda yo'llanma uchun kurashda qolishadi. Aks holda "Feyenoord"ning imkoniyatlari keskin pasayish bilan birga, Evropa ligasi yo'llanmasi ham katta so'roq ostida qoladi.

Mauricio Sarri jamoasi esa birinchi turda "SHaxtyor"dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlash uchun ham bu bahsga katta kuch tashlashlari aniq.


"F" guruhi

"Manchester Siti" - "SHaxter" (taxminiy tarkiblar)

"Etihad stedium" stadioni.

Bosh hakam: Manuel de Sousa (Portugaliya)

"Manchester Siti": Ederson; Uoker, Otamendi, Stounz, Danilo; de Breyne, Fernandino, Silva, Bernardu Silva; Jezush, Aguero.
O'ynamaydi: Kompani (jarohat), Mendi (jarohat), Gyundogan (jarohat)

"SHaxter": Pyatov; Butko, Ordec, Rakickiy, Ismaili; Fred, Stepanenko; Marlos, Tayson, Bernard; Ferreyra.
O'ynamaydi: Krivcov (jarohat), Malishev (jarohat)



"Napoli" - "Feyenoord" (taxminiy tarkiblar)

"San Paolo" stadioni.

Bosh hakam: Uilliyam Kollum (SHotlandiya)

"Napoli": Reyna; Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam; Allan, Jorjino, Gamshik; Kalexon, Mertens, Insine.
O'ynamaydi: Milik (jarohat)
So'roq ostida: Kirikesh (jarohat)

"Feyenoord": Djons; Xaps, van der Xeyden, Sen-Jyust, Diks; Vilena, Toornstra, El-Axmadi; Boetyus, Kramer, Bergxeys.
O'ynamaydi: Yorgensen (jarohat), Vermeer (jarohat), Bottegin (jarohat)



Evropa chempionlar ligasining eng qiziqarli bo'lishi kutilayotgan "G" guruhida har bir tur o'zgacha kechishi aniq. Bu "kvartet"da aniq bir favorit jamoa yo'q. SHuningdek, yaqqol autsayder ham ko'rinmayapti.

Tarkib jihatdan juda kuchaygan "Beshiktosh" bu gal chaqilmas yong'oq sifatida qaralayotgan "Leypcig"ni sinovdan o'tkazadi. O'tgan turda Portugaliyada shov-shuvli g'alabani tantana qilgan "qora burgutlar"ning parvozi yana davom etadimi?

Ralf Xazzenxyuttl ilk turdagi durangdan so'ng Turkiyaga endi faqat va faqat ochko maqsadida safar uyushtirishi aniq. "Leypcig"ning ECHLdagi maqsadi ancha jiddiy va jamoa guruhdan chiqishni ko'zlamoqda. "Buqa"lar ushbu jiddiy vazifani bajarishga qanchalik tayyor ekanligiga bugungi uchrashuv ham qisman javob beradi.
Bu o'yinga har ikkala jamoa ikki xil kayfiyatda kelmoqda. O'tgan turda Istanbul derbisida ancha asab va kuchni yo'qotgan "Beshikton" uch ochkoni ham boy bergani kayfiyatga tasir ko'rsatishi aniq. "Leypcig" esa "Ayntraxt" qarshiligini engdi va jamoa ruhiy taraflama raqibidan ko'ra ancha yaxshi holatda.

2004 yilgi Evropa chempionlar ligasi finalchilari nihoyat yana ECHLda o'zaro to'qnash kelishmoqda. Bu safar guruh bosqichida. Nostalgiyani yodga soluvchi ushbu qarama-qarshilik ancha qiziqarli o'tishi aniq. "Monako" aktivida bir ochko mavjud, "Portu" esa o'z uyida "Beshiktosh"dan qabul qilib olgan qaqshatkich zarbadan keyin o'rnidan turishi lozim. Buni jamoa qay darajada uddalashini esa o'yin ko'rsatib beradi.

Bu guruhda kurash oxirgi turgacha davom etishini hisobga olsak, har bir qo'lga kiritiladigan ochko juda muhim ahamiyat kasb etadi.


"G" guruhi

"Monako" - "Portu" (taxminiy tarkiblar)

"Stade Luis II" stadioni.

Bosh hakam: Slavko Vinchich (Slovakiya)

"Monako": Benalo; Sidibe, Glik, Jemerson, Jorj; Lopesh/Gezzal, Fabino, Joau Moutinyu, Lemar; Yovetich, Falkao
O'ynamaydi: Subashich (jarohat)
So'roq ostida: Balde (jarohat)

"Portu": Kasilyas; Rikardu, Felipe, Markano, Tellesh; Korona, Danilo, Oliver Torres, Braximi; Marega, Abubakar.
O'ynamaydi: Diogu Leyte (diskvalifikaciya), Andre Andre (jarohat)



"Beshiktosh" - "RB Leypcig" (taxminiy tarkiblar)

"Vodafone Stedium" stadioni.

Bosh hakam: Sergey Karasev (Rossiya)

"Beshiktosh": Fabri; Medel, Pepe, Toshich, Janer Erkin; Xatchinson, Ezyakup; Kuarejma, Taliska, Babel; Djenk Tosun.
O'ynamaydi: Gekxan Genyul (jarohat)
So'roq ostida
: Adriano (jarohat)

"RB Leypcig": Gulach; Klostermann, Orban, Upamekano, Bernardo; Keyta, Demme; Zabitcer, Forsberg; Poulsen, Verner.
So'roq ostida: Kampl (jarohat), Keyta (jarohat)



Bugun barchaning diqqat-etibori qaratiladigan guruh shubhasiz "H" "kvarteti". Ushbu guruhda Dortmundning "Borussiya" hamda Madrid "Real" jamoalari o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. So'nggi yillarda ECHLda klassik qarama-qarshilikka aylanayotgan ushbu to'qnashuvda hozircha kichik ustunlik "Borussiya" tarafida. "Borussiya" va "Real" 2012 yildan buyon ECHLda jami 8 marotaba duch kelishgan. SHularning 3tasida Dortmundning qo'li baland kelgan, yana uchtasida durang qayd etilgan va ikkita uchrashuvda "Real" g'alaba qozongan.

Jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, Peter Boshsh shakllantirayotgan "Borussiya" ayni paytda evropada eng yorqin o'yin ko'rsatayotgan ikkita jamoadan biri. "Borussiya" o'tgan turda Londonda "Tottenxem"ga qarshi bellashuvda ham o'yin bo'yicha mag'lub bo'lmadi. Qarshi hujumlarda o'tkazib yuborilgan hujumlar gol bilan yakunlangani yakunda Peter Boshsh jamoasi uchun qimmatga tushgandi. SHuningdek, laynsmen dortmundliklarning toza golini inobatga olmagani ham uchrashuv natijasiga bevosita tasir o'tkazdi.

SHu boisdan ham dastlabki turdagi mag'lubiyat bilan "Borussiya"ga baho berish xato bo'lishini Zinedin Zidan yaxshi tushunib turibdi.

"Real"ning ichki chempionatdagi ishlari joyida emas. SHu boisdan ham jamoa ushbu bo'shliqni ECHLdagi g'alabalar bilan yuvishga urinib ko'rishi tabiiy. La Ligadan farqli ravishda jamoaning ECHLdagi starti muvaffaqiyatli chiqdi. Ilk turda APOEL dog'da qoldirilgach turnirning amaldagi g'olibi guruhda to'plar nisbatiga ko'ra yakka peshqadam bo'lib turibdi. "Real"ning bugungi uchrashuvdagi asosiy vazifasi aynan peshqadamlikni topshirib qo'ymaslikdan iborat.
"Signal Iduna Park"da bugun dortmundliklar "Real"ni "qaynoqqina" kutib olishadi. Bu dahshatli chaqiruvga musobaqaning amaldagi g'oliblari qanchalik tayyor ekanliklariga guvoh bo'lamiz.

Dortmundda o'tkazilgan to'rt uchrashuvdan uchtasida mezbonlar g'alaba qozonishgan bo'lsa, bir o'yin durang bilan yakunlangan. "Real"ga hozircha Dortmunddan g'alaba bilan qaytish nasib etmayapti. Bugun ular ushbu ishni uddalay olishadimi? Bu ochiq savolga tunda Zidan javob izlab ko'radi.

Guruhning ikkinchi bellashuvi APOEL hamda "Tottenxem" o'rtasida kechadi. Birinchi turdagi g'alabadan keyin "Tottenxem"ning ECHLdagi ishtahsi ochilgani haqida juda ko'plab fikrlar paydo bo'lmoqda. APOEL esa ECHLda ishtirok etish bo'yicha londonliklardan ko'ra ko'proq tajribaga ega. Bugun tajriba ustun keladimi yoki jamoalar o'rtasidagi tafovutmi?

Narigi o'yinda favoritlar o'zaro to'qnash kelishi va ulardan biri ochko yo'qotishi ehtimoli kattaligini inobatga olsak, "Tottenxem" bundan unumli foydalanib qolishi uchun qulay fursat.

Pochchettino buni yaxshi tushunib turibdi. APOEL esa bu "kvartet"da shunchaki ochko ulashuvchi jamoa rolinini bajarmoqchi emasligini amalda isbotlashi lozim.

"H" guruhi

"Borussiya" Dortmund - "Real" (taxminiy tarkiblar)

"Signal Iduna Park" stadioni.

Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya)

"Borussiya" D: Byurki; Pishhek, Papastatopulos, Bartra, Tolyan; SHaxin, Daud, Getce; Yarmolenko, Obameyang, Filipp.
O'ynamaydi: Gerreyro (jarohat), SHmelcer (jarohat), Rode (jarohat), Durm (jarohat), Roys (jarohat)

"Real"
: Navas; Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho; Modrich, Kazemiro, Isko; Beyl, Ronaldu, Asensio.
O'ynamaydi: Benzema (jarohat), Marselo (jarohat), Kovachich (jarohat), Valexo (jarohat)
So'roq ostida: Kroos (jarohat), Ernandes (jarohat)




APOEL - "Tottenxem" (taxminiy tarkiblar)

"Neo GSP" stadioni.

Bosh hakam: Pavel Kralovec (CHexiya)

APOEL: Vaterman; Vuros, Xesus Rueda, Karlao, Lago; Zaxid, Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis; SHolloi; De Kamargo.
O'ynamaydi: Yannu (jarohat), Bertolo (jarohat), Efrem (jarohat), Milanov (jarohat), Ebesilio (jarohat)

"Tottenxem": Loris; Foyt, Alderveyreld, Sanches; Tripper, Dayer, Sissoko, Devis; Son, Keyn; Lorente.
O'ynamaydi: Vanyama (jarohat), Rouz (jarohat), Alli (diskvalifikaciya), Vertongen (diskvalifikaciya), Eriksen (jarohat), Dembele (jarohat)



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика