Vinisius Xabi Alonso haqida qanday fikrda?
16 iyu 2025 15:05
Yangiliklar
Vinisius Xabi Alonso haqida qanday fikrda?
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida gapirdi.
Ispaniyalik mutaxassis may oyi oxirida lavozimni tark etgan Karlo Anchelotti o'rnini egalladi. 18 iyun kuni "qaymoqranglilar" yangi murabbiy qo'l ostida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida debyut qiladi.
"Biz Xabi Alonso qo'l ostida juda qattiq mashg'ulot o'tkazamiz, ammo bugun parvoz tufayli mashg'ulotlar osonroq bo'ldi. Bo'lajak o'yinga hozirdanoq tayyorgarlik ko'ryapmiz. Murabbiy bilan avvalroq gaplashgandim, meni hammasi qoniqtiradi. Muvaffaqiyatga erishish uchun ishlashda davom etishimiz kerak", – dedi braziliyalik futbolchi.
"Real" – "Al Hilol" uchrashuvi 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar