Drente: "Professional bo'lishga tayyor emasdim"
17 sen 2022 15:30
Yangiliklar
Drente: "Professional bo'lishga tayyor emasdim"
Vinger 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida Niderlandiya termasi tarkibida turnirda g'olib bo'lib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan. Uning faoliyatidagi pasayish orzusidagi jamoasi "Real Madrid"ga o'tganidan keyin kuzatilgan. Uning maydon tashqarisidagi hirslari ko'p o'tmay maydondagi o'yiniga tasir qilgan.
"Qirollik klubi" libosida 65 ta o'yinda maydonda harakat qilgan Drente 4 ta gol urgan va dastlabki mavsumda La Liga chempionlik titulini ko'lga kiritgan. Uning tungi ziyofatlarga o'chligi ishlarining orqaga ketishiga olib kelgan.
"Men professional bo'lishga tayyor emasdim. O'zimni "Xudo" deb o'ylagandim. Ayollar va ziyofatlarni juda yaxshi ko'rardim. Men har doim qandaydir yangi narsa o'rganardim. Nima bo'lgan bo'lsa, bo'ldi", – dedi futbolchi.
Fikrlar