So’nggi yangiliklar

20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  0 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  1 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  43 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  2

Dilyaver Vaniev: "Mashal" "Lokomotiv"ni oxirgi marotaba mag'lub etganida men futbolchi edim Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Mashal" "Lokomotiv"ni oxirgi marotaba mag'lub etganida men futbolchi edim

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev o'z fikrlarini bildirdi.




"Barchaga hayrli kech. Hozirgi holatimni tushunmasligingiz tabiiy. Bugun bizga g'alaba juda zarur edi. O'yindan oldin biroz bosim bor edi. Ancha vaqtdan beri g'alaba qozona olmayotgan edik. Yigitlardan o'z o'yinlarini ko'rsatishlarini iltimos qilgandik. Rejadan tashqariga chiqmagan holda harakat qilishni buyurgandik. G'alaba bilan shogirdlarimni va muxlislarni tabriklayman. 

"Mashal" "Lokomotiv"ni safarda oxirgi marotaba mag'lub etganida men futbolchi sifatida Oliy ligada to'p tepayotgan edim. O'sha paytlar "Lokomotiv" hozirgidek emasdi. Keyin ular moliyaviy tomondan ancha barqaror klubga aylandi. Uch mavsum davomida chempionlikni hech kimga berishmadi. Ularni o'yin falsafasini va uslubini oldindan bilardim. To'pni olib qo'yishadi va bo'sh hududlar orqali hujumlarni rivojlantirishadi. Hozir futbolda kim ko'proq to'pni nazorat qilsa, vaziyatlardan foydalansa o'sha jamoa g'olib chiqmoqda. 

Endi barchasini unutib Muborakka yo'l olamiz va navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Yozgi transferlar oynasi vaqtida yuqori saviyadagi futbolchini olib kelish qiyin masala. Lekin, bu borada ishlar davom etadi, to'xtamaydi. 

Legionerlar bilan muloqot qilishda muammoga uchramayapmiz. Ella Kenni turmush o'rtog'i Ukrainadan. SHu bois u bilan rus tilida muloqot qilamiz. Ushbu futbolchi orqali Ifeaniy bilan gaplashamiz. 

To'rtta o'yinda gol ura olmayotganimiz jamoaga juda katta bosim qilayotgandi. SHaxsan o'zimga yosh murabbiy sifatida bu jarayonni boshdan o'tkazish oson bo'lmadi. Bollarga ham aytdim. Futbolda gol urish kerak, gol urmasangiz g'alaba qozona olmaysiz",- deydi Dilyaver Vaniev.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика