So’nggi yangiliklar

20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  0 19:53Суперлига. "Динамо" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  3 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  22 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  3 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  6 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  12 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3

Darko Gojkovich: "Qo'qonni juda tez sog'insak kerak" Yangiliklar

Darko Gojkovich: "Qo'qonni juda tez sog'insak kerak"

Oliy liga so'nggi turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Olmaliq” uchrashuvidan so'ng, qo'qonliklarning serbiyalik legionerlari Nikola Valentich va Darko Gojkovich o'z yurtlariga jo'nab ketishdi.
Biz safar oldidan Darko Gojkovichni suhbatga tortdik.

- Darko avvalo “Olmaliq” bilan bo'lgan o'yin haqidagi fikrlaringizni bilmoqchi edik.

- Mavsumni g'alaba bilan yakunlab , muxlislarimizga quvonch ulashish maqsadida maydonga chiqqan edik. Birinchi bo'lib gol o'tkazvorganimizga qaramay niyatimizga etganimizdan xursandman. Bu o'yindagi g'alaba turnir jadvalidagi o'rnimizni biroz yaxshilab olish imkonini berar edi. SHuning uchun barcha yigitlar birdamlikda , borlarini berib harakat qildik va yakunda mavsumni alo kayfiyatda yakunladik.

- Jamoa bilan shartnomalaringiz yakuniga etdi. Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

- Ha biz “Qo'qon-1912”  klubi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan edik. Ertaga o'z yurtimizga uchib ketamiz. Bosh murabbiy va klub rahbarlari Nikola ikkimizning harakatlarimizdan xursand ekanliklarini bayon qildilar. Endi uyda yangi yil bayramini o'tkazgunimizcha dam olamiz. Keyin vaziyatga qarab ish ko'ramiz. Jamoa rahbarlari bizni keyingi mavsumda ham Qo'qonda o'ynashimizni istayotganlarini aytishdi. O'z navbatida biz ham shartnomani yangilashga tayyormiz.

- Jamoa bilan moliyaviy masalalarda muammolar bo'lmadimi?

- Bu borada klub rahbarlariga kottakon rahmat aytmoqchiman. Biz jamoadan barcha maosh va mukofot pullarimizni oldik.  SHu o'rinda Qo'qonlik muxlislarga ham bizni ajoyib tarzda qo'llab turganlari va chiroyli kuzatib qo'yganlari uchun o'zimizni minnatdorchiligimizni izhor qilmoqchiman. Biz O'zbekistonliklarning samimiy mehmondo'stligi, shirindan – shirin taomlari  , ayniqsa palovni juda tez sog'insak kerak – deydi Darko Gojkovich.

Bugun erta tongda Serbiyalik futbolchilar Nikola Valentich va Darko Gojkovich o'z yurtlariga uchib ketishdi.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика