CHukvuemeka tizzasidan olgan jarohati tufayli 1,5 oyga safdan chiqdi
22 avg 2023 17:02
Yangiliklar
CHukvuemeka tizzasidan olgan jarohati tufayli 1,5 oyga safdan chiqdi
"CHelsi" yarim himoyachisi Karni CHukvuemeka chap tizzasidan olgan jarohati sabab yaqin orada jamoasiga yordam berolmaydi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 19 yoshli ingliz futbolchisi dushanba kuni kechqurun operaciya qilingan va tez orada tiklanish jarayonini boshlaydi.
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, CHukvuemeka 6 haftani o'tkazib yuboradi.
Yarim himoyachi APL 2-turidan o'rin olgan "Vest Xem"ga qarshi o'yinda (1:3) jarohat olgandi. CHukvuemeka bu o'yinda kattalar futbolidagi ilk golini urdi.
Fikrlar