"CHelsi" Moyzes Kaysedoga katta mablag' sarflaydi
17 jan 2023 19:08
Yangiliklar
"CHelsi" Moyzes Kaysedoga katta mablag' sarflaydi
Bu safargi nishonda Premer-liga vakili "Brayton" yulduzi Moyzes Kaysedo belgilandi. Grem Potterni yana shogirdi bilan birlashtirish "Stemford Brij" egalariga 75 mln funtga tushadi. Mutaxassis avvalgi jamoasida janubiy qirg'oqda 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi va unga murabbiylik qildi. Kaysedo 2021 yilda Ekvador jamoasidan 4,4 mln funtga xarid qilinganidan keyin kuchayganidan kuchayib bordi.
Yarim himoyachining o'tgan yil oxirida Qatardagi mundialda ko'rsatgan o'yini uning narxida yanada o'sish kuzatilishini taminladi. Hatto "Liverpul" janubiy amerikalik futbolchiga rasmiy qiziqish bildirdi. SHunday bo'lsa-da, "ko'klar" raqobatda barchadan o'zib, Kaysedoni o'ziniki qilishi malum bo'lmoqda. "CHelsi" yarim himoyachi uchun 65 mln funt to'lashga tayyor, "Brayton" esa mavsum o'rtasida asosiy o'yinchilaridan biri bilan yo'llarini ayro qilish uchun 75 mln funt istaydi.
Agar bu kelishuv amalga oshsa, Moyzes Kaysedo "CHelsi" ushbu oyda shartnoma tuzgan oltinchi futbolchi bo'ladi. Bundan avval jami 152 mln funtga Joau Feliks, David Fofana, Andrey Santos, Benua Badiashile va Mixail Mudrik Potter loyihasiga qo'shilgan edi.
Fikrlar