Uesli Fofana "Chelsi"da qoladi
09 iyu 2025 00:35
Yangiliklar
Uesli Fofana "Chelsi"da qoladi
Franciya milliy terma jamoasi va "Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana o'zining hozirgi jamoasini tark etmasligini malum qildi.
Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda London klubi formasi kiygan eski suratini joylashtirdi.
"Men "Chelsi" o'yinchisiman va bu bilan faxrlanaman, hech qaerga ketishni istamayman. Bu erdagi barcha narsa menga yoqadi, rahmat. Etarlicha tushunarlimi?" - deya futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirdi.
O'tgan klub mavsumida Fofana 14 ta o'yinda ishtirok etdi. Ilgari futbolchi "Sent-Eten" va "Lester Siti" jamoalarida ham to'p surgan.
2024/2025 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, "Chelsi" 69 ochko to'plab, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. Hozirda jamoa klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashmoqda, turnirning yarim finalida ko'klar "Fluminense" bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar