So’nggi yangiliklar

00:16БАА. "Банияс" "Ал Наср"ни мағлуб этди, Шукуров тўлиқ ўйин ўтказди  1 23:50Вернер АҚШ жамоасига ўтди, бироқ "Интер Майами"га эмас  0 23:28"Андижон" назорат ўйинида Қозоғистон жамоасига мағлуб бўлди  1 23:05Қирғиз Республикаси чемпиони Ўзбекистоннинг икки чемпиони билан ўйнайди  0 22:48Суперлига. 1-тур учрашувлари ўтказиладиган кунлар маълум қилинди  2 22:35ОКМК назорат ўйинида Хитой жамоасига мағлуб бўлди  1 22:12"Насаф" "Ал Шорта"га қарши ўйинни қайси стадионда ўтказади?  4 21:44Аморим А Серия жамоасига ўтди  5 21:19"Қайрат" ўзининг илк Чемпионлар Лигасида қанча ишлаб олди?  6 20:51БАА. "Ал Батеҳ" дуранг ўйнади, Азизжон Ғаниевдан гол!  2 20:37Интернетда "Реал"нинг келаси мавсум учун формаси тасвирлари пайдо бўлди  4 20:10"Лочин" 5 нафар футболчи билан шартнома тузди  1 19:48"Сўғдиёна" Шимолий Македония жамоасини ишончли ҳисобда ютди  1 19:20"Нефтчи" Болгария жамоасига имкониятни бой берди  1 18:59Жамшид Саидов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам қизиқарли мавсум бўлади"  2

Tiago Silva: "Chelsi" va PSJdan cheksiz minnatdorman" Yangiliklar

Tiago Silva: "Chelsi" va PSJdan cheksiz minnatdorman"

"Fluminense" sardori Tiago Silva Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida "Chelsi" bilan bo'lajak o'yin haqida gapirdi.

40 yoshli braziliyalik 2020 yildan 2024 yilgacha London jamoasida o'ynagan va ular bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Agar "Fluminense" KJCH finalida o'zi 8 mavsum harakat qilgan PSJ bilan to'qnash kelishi mumkin.

"Ha, bu ko'p narsani anglatadi. Xudoga shukrki, men bu ikki klubda ("Chelsi" va PSJ) ajoyib damlarni o'tkazdim. Hozir esa faoliyatimning so'nggi bosqichida ham qo'limdan kelganicha jamoaga yordam berib, muhim daqiqalarni boshdan kechirmoqdaman.

Agar "Chelsi"ni musobaqadan chiqarib yubora olsak, ularga bo'lgan muhabbatimni qayd etgan holda, o'zgacha ahamiyatli bo'lardi deb aytolaman. Biz bir-birimizga duch kelib qoldik, nachora faqat g'alaba haqida o'ylashga majburmiz. Bu o'yindan so'ng avtomatik tarzda “Chelsi”ga, JCHdan keyin esa PSJga muxlislik qilaman. Va har doim shunday bo'lib qoladi, chunki men bu klublardan cheksiz minnatdorman. O'z imkoniyatlarim doirasida hamma narsani qilaman va buni "Fluminense" uchun qilishda davom etaman. Umid qilamanki, biz finalga chiqa olamiz", – dedi Silva.

Jamoalar o'rtasidagi o'yin bugun, 8 iyul kuni Ist Rezerfordda o'taziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика