"CHelsi" futbolchisi 4 haftaga safdan chiqdi
17 jan 2023 19:27
Yangiliklar
"CHelsi" futbolchisi 4 haftaga safdan chiqdi
"CHelsi" murabbiyi Grem Potter "Fulxem"ga imkoniyat boy berilgan o'yinda jarohat olgan Denis Zakariyaning bir oy jamoasiga yordam bera olmasligini tasdiqladi.
26 yoshli futbolchi payshanba kuni "Fulxem"ga qarshi o'yinning (1:2) 56-daqiqasida oqsoqlanib qoldi. SHveycariyalik o'yinchi uchrashuvdan keyin jarohati darajasini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Kecha "Kristal Pelas" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yindan so'ng jamoa ustozi Zakariyaning holati haqida malumot berdi: "Denis to'rt haftaga safdan chiqdi. Bu biz uchun zarba bo'ldi. Umid qilamizki, u tezda qaytadi".
Zakariya "ko'klar" uchun 7 ta o'yinda maydonga tushdi. Barchasi Potter qo'l ostida. U jamoa libosidagi yagona golini "Dinamo" Zagreb (2:1) darvozasiga urdi.
Fikrlar