So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  54 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  30 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  13 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  72 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

"Buxoro" kim uchun o'ynaydi? Yangiliklar

"Buxoro" kim uchun o'ynaydi?

Savolimiz "Buxoro" jamoasi murabbiylarini ajablantirishi va ular "Biz o'zimiz uchun emas, faqat va faqat ishqibozlar uchun o'ynaymiz!" deyishlari aniq.
SHunday bo'lsa, nega so'z boshqa-yu amal ayricha bo'lib turibdi. Mamlakat chempionati keyingi uchrashuvlarida futbolchilarimiz o'z o'yinini yo'qotib qo'yishdi. Avvalgi ishtiyoq, shijoat so'ngandek go'yo. SHunday bo'lmaganida, turnir jadvali 6-pog'onasida borayotgan "Buxoro" o'zidan 16 ochko kam to'plagan holda xavfli zonada turgan "Qizilqum"ga 23-turda uning maydonida 0:2 hisobida boy bermagan bo'lardi.

Bazi muxlislar futbolchilarimiz oliy ligada qolish uchun urinayotgan qo'shni viloyat jamoasiga "himmat" ko'rsatgan bo'lishi mumkin, degan gumonda. Biz bu gapga qo'shila olmaymiz. Qolaversa, navoiyliklar bunday "himmat"ga zor emasliklarini o'yinlari orqali namoyish etishganiga "Qizilqum" ishqibozlari guvoh-ku!

Ha, Zarafshon shahri komandasi o'z muxlislari oldida nimaga qodir ekanligini isbotladi. Bu jihatdan Agamurodov va uning shogirdlari "Qizilqum"­dan o'rnak olishlari kerak edi. Afsuski, bunday bo'lmadi. Irodasizlik, muxlislar oldida masuliyatni his etmaslikning oqibati 29 oktyabr kuni "Buxoro"ning 24-tur doirasida o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi o'tkazgan o'yinida ham "bo'y ko'rsatdi".

Jamoamiz medallar uchun kurashayotgan qarshilik futbolchilar oldida barmoq tishlab qoldilar. Hisob 1:5. Alamli, ayanchli mag'lubiyat! Agar jamoa ustozi kurash sabog'ini olishi uchun yosh mahalliy futbolchilarni maydonga tushirganida "qoqilish" sababini tushunish mumkin bo'lardi. Holbuki, bosh murabbiy "Nasaf"ga qarshi o'zi ishongan va tayangan tarkibni tanlagan edi-ku! Nahotki, Tachmurad Agamuradovdek tajribali murabbiy jamoani o'yinga ruhan tayyorlash hadisini unutgan bo'lsa?

To'g'ri, "Buxoro" ikki mag'lubiyatdan so'ng ham turnir jadvalining oltinchi pog'onasida borayapti. Boisiki, yaqin taqib­chilarimiz "Metallurg" va "Neftchi" ham raqiblariga imkoniyatlarini boy berdi. Ammo jamoamizning hozirgi mavqei yupqa muzdek omonatgina. Nega desangiz, "Buxoro"ni chempionatning so'nggi turlarida yanada og'ir o'yinlar kutmoqda.

"Buxoro" so'nggi o'yinni o'z maydonida "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi. Afsuski, futbolchilarimiz unda g'alabaga umid qilolmasalar kerak. CHunki, ular kumush medal uchun kurashayotgan temiryo'lchilarga hozirgi o'yin bilan bas kelishlari amrimahol. Demak, qatorasiga to'rt bor mag'lubiyat "Buxoro"ni sakkizinchi o'ringa tushirib qo'yishi mumkin.

Bu-bizning taxminlarimiz. Ammo "Buxoro" taxminlarimizni chippakka chiqarishini juda ham istardik. Qaniydi, Tachmurad Agamuradov va uning shogirdlari navbatdagi o'yinlarda keskin burilish yasashsa. Jamoaning haqiqiy muxlislari bundan umidlarini uzishmagan. Demak, futbolchilarimiz jon kuydirib o'ynashlari kerak.

Erkin YODGOROV, "Buxoronoma" muxbiri.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика