

Viktor Jalilov boshchiligida olimpiyachilarimiz 27-28 avgust kunlari Toshkentda ikki kunlik qisqa yig'in tashkil etishadi. Shundan so'ng, tayyorgarliklar Slovakiya mamlakatiga ko'chadi. Yevropadagi mashg'ulotlar 9 sentyabrga qadar davom ettiriladi.
Ushbu yig'inlarga “Bunyodkor” FKga tegishli to'rt nafar futbolchi jalb etildi. Bular: himoyachi Akramjon Komilov, yarim himoyachilar Otabek Shukurov va Dostonbek Hamdamov hamda hujumchi Zabihillo O'rinboev.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yilning 12-30 yanvar kunlari Qatar mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo Chempionati musobaqasiga tayyorgarlik olib bormoqda.



