So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

Bugun Navoiy shahrida Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Lokomotiv" bahsi bo'lib o'tadi.

Turnir jadvalida "Lokomotiv" 25 ochko to'plab 7-o'rinda boryapti. "Qizilqum" esa 17 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi davra boshlanganidan so'ng har ikki jamoa 6tadan uchrashuv o'tkazdi. 

"Lokomotiv" 6 o'yindan to'rttasida g'alaba qozonib, bir bor durang qayd etdi va bitta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. "Qizilqum"ga kelsak, bu jamoa ikkita o'yinda g'alabaga erishib, uch bor mag'lubiyatga uchradi va bitta bahsda durang o'ynadi. 

Bilasizmi? "Qizilqum" oxirgi 2ta uy uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Navoiylik "oltin izlovchilar" uyda "Mashal" va "Qo'qon-1912"dan ustun kelishdi. 

"Lokomotiv" oxirgi uchta safar bellashuvida 3 xil natija qayd etdi: "Buxoro" ustidan g'alaba, "Metallurg" bilan durang va "So'g'diyona"ga qarshi bahsda mag'lubiyat. 

Toshkentda kechgan birinchi davra o'yinida "Lokomotiv" 3:0 hisobida g'alaba qozongan. O'tgan yil Navoiyda bo'lib o'tgan bahs 1:1 hisobida yakun topgan. 

2019. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 1:1

2018. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:3

2017. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:2

2016. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:1

2015. "Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:2

Navoiyda kechgan oxirgi 5ta o'yinning to'rttasida "Lokomotiv" g'alaba qozongan hamda umuman gol o'tkazmasdan. Umumiy hisobda to'plar nisbati 1-9.

Fakt: "Loko" hujumchisi Marat Bikmaev o'tgan yilni hisobga olmaganda, bungacha Navoiyda o'tkazilgan oxirgi 4ta o'yinning hammasida gol urgan. U 2015, 2016, 2017, 2018 yilgi mavsumlarda ketma-ket "Qizilqum" darvozasiga to'p kiritgan.

Qizilqum

Oybek Qilichev - 45'

Superliga. 20-tur

23/10/2020, 18:00

1
:
1
Tugadi

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 78'

45'
90'
45'  Oybek Qilichev
71'  Ruslan Margiev (Jasur Azimov)
81'  Erkin Baydullaev
44'  Jahongir Abdumo’minov
46'  Dilshod Komilov (Shuhrat Muhammadiyev)
46'  Jahongir Abdumo’minov (Avazbek O'lmasaliev)
51'  Marat Bikmayev (Azizbek Amonov)
70'  Kirill Pogrebnyak (Javohir Alijonov)
78'  Temurxo’ja Abduxoliqov
78'  Azizbek Amonov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика