Buffon Italiya terma jamoasini tanqid qildi: "Biz o'zligimizni yo'qotdik"
29 may 2025 19:45
Yangiliklar
Buffon Italiya terma jamoasini tanqid qildi: "Biz o'zligimizni yo'qotdik"
Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida u "Skuadra Adzurra" o'zining futbol falsafasidan chetga chiqqani, uning fikricha, bu futbolchilar saviyasiga salbiy tasir ko'rsatganini aytdi.
"Italiya terma jamoasi so'nggi 20 yil ichida shunday holatga kelib qolganidan uyalishi kerak. Hamma Ispaniyaga taqlid qilishimiz kerak deb tinmay gapirardi. Yakunda biz o'z uslubimiz, o'z maktabimizni rad etdik. Biz Fabio Kannavaro kabi futbolchilarni tarbiyalashni to'xtatdik. Hozirda uni maydonga tushirishdan uyalgan bo'lardik. Hatto Kellini ham bugungi – chiziqlar bo'ylab o'zaro paslashadigan jamoaga to'g'ri kelmasdi", – dedi Buffon.
Janluiji 1997 yildan 2018 yilgacha Italiya terma jamoasida 176 o'yinda qatnashib, rekord o'rnatgan. 47 yoshli afsona Italiya futboli va uning ananalari ramzi bo'lib qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar