So’nggi yangiliklar

00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  1 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  6 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  12 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  27 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  12 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0

BO'SMlardagi asosiy muammo nimada? Yangiliklar

BO'SMlardagi asosiy muammo nimada?

3 kun deganda Toshkentdagi barcha BO'SMlarni o'rganib chiqdim. Birov majbur qilmadi, o'zim.

CHunki bu tizimni yo'lga qo'yib yubormaguncha JCHlar armon bo'lib qolishini yaxshi bilaman va nega O'zbekiston terma jamoalari tuzukroq natija ko'rsatmasligiga yana bir bor amin bo'ldim. Toshkentda-ku, 5-6ta yaxshi klub bor, xalq BO'SMlarga qarab qolmagan. Ammo qolgan 13ta viloyatda bunday deb bo'lmaydi. U erlarda futbolchilarning birinchi qadami BO'SM orqali tashlanadi.


O'rganish natijasidagi eng katta muammo, bu - maosh! Siz BO'SMlarda faoliyat olib borishni istasangiz 970 000 so'm maosh olish imkoniyatiga egasiz. Buning uchun siz 16 kishidan iborat 4ta guruh bilan ishlashingiz kerak. Bu 64 kishi degan. Agar siz yarim stavka ishlayman desangiz, marhamat, maoshingiz 480-500 000 so'm atrofida va Siz bor yo'g'i 2ta guruh bilan ishlaysiz. 32 nafar bola. Agar bu summa kam, men ko'proq maosh olay desangiz, buni ham yo'li bor. 1.600 000 - 1.700 000 so'm atrofida maosh olasiz (shunda ham, anavi akaxon aytgan 2.500 000 so'mga etmayapti) faqat buning uchun siz, marhamat 6ta guruh bilan ishlashingiz kerak. Ana xolos.... 2ta guruh mayli, 4ta guruh chidab bo'lmaydi, ammo 6ta guruhchi???


Ikkinchi muammo: Aksar BO'SMlarda sportga aloqasi yo'q odamlar ishlaydi.

Uchinchi muammo: Futbolda «nodbavka» olish imkoni yo'qligi sabab, 90% holatdagi asosiy etibor yakka kurash, gimnastika, engil atletika va og'ir atletikaga qaratiladi.

To'rtinchi muammo: Hamma erda ham maydonlar yaxshi holatda emas. Bazilarida maydonni o'zi yo'q.


Qisqasi, BO'SMlarda moliya masalasini to'g'rilab olmas ekanmiz, O'zbekiston JCHga chiq-may-di! CHiqsa ham, bir marotaba, adashib qolmasa. 48ta jamoa ishtirok etadigan JCHga chiqish oson bo'lishi mumkin. Lekin 48talik JCHni guruhida qolib ketmaslik uchun ham ishni to'g'irlab olish kerak.


@Nadirkhuja


Hozir bilishim bo'yicha, O'FA va Sport vazirligi shunga yaqin taklifni hukumat uchun tayyorlayapti. SHermatov kelgach o'qituvchilarning maoshi nisbatan oshdi. Institut va Universitetlarda ham. SHifokorlarning ham maoshida o'zgarish bo'ldi. Demak, har bir soha o'zi uchun, o'zi kurashmasa, birov kelib mana senga deb pul berib qo'ymaydi.


Yana karantin elon qilindi. 1 hafta, hayolni bir erga to'plab, Toshkent misolida loyihani qog'ozga tushiraman, agar rahbariyatga maqul kelsa, buni Respublika bo'ylab qo'llaymiz. Loyiham 5ta nusxada, O'zbekiston futbol Associaciyasi Prezidenti - Abdusalom Azizov, O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'FA Vice-prezidenti va vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev va Toshkent sport boshqarmasi boshlig'i Akramxo'ja SHadixodjaevga taqdim qilinadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика