"Guliston" 16 dekabrdan o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi. Klub prezidenti, direktori va bosh murabbiyi malum
14 dek 2025 15:13
Yangiliklar
"Guliston" 16 dekabrdan o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi. Klub prezidenti, direktori va bosh murabbiyi malum
"Viloyat hokimligi tashabbusi bilan "Guliston" professional futbol klubini tashkil etish bo'yicha ishlar jadal suratlarda boshlab yuborildi.
Bugungi kunda klubning boshqaruv tizimi to'liq shakllantirilib, murabbiylar shtabi ham aniqlandi. Jamoa 16 dekabrdan boshlab o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi. Bu esa yangi tashkil etilayotgan klubning oldiga qo'yilgan yuksak maqsadlar sari tashlangan muhim qadamdir.
Klub prezidenti lavozimiga Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich tayinlandi. Klub direktori sifatida esa yaqin o'tmishda "Mashal" va "Nasaf" jamoalari safida yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan, AFK Kubogi sohibi, taniqli futbolchi Jahongir Jiyamurodov faoliyat olib boradi. Ularning rahbarligida klubni zamonaviy talablarga mos tarzda rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jamoaning bosh murabbiyi etib O'FA instruktori, tajribali va iqtidorli mutaxassis Abbos Ergashev tayinlandi. Hozirgi vaqtda jamoa tarkibini shakllantirish ishlari olib borilmoqda, istiqbolli futbolchilar jalb etilmoqda. Tez orada klub hayotiga oid muhim yangiliklar bilan futbol muxlislarini muntazam xabardor qilib boramiz.
"Guliston" professional futbol klubi — hudud futboli rivoji yo'lida yangi sahifa, yangi umid va katta maqsadlar timsolidir", — deyiladi xabarda.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Математикага ўрин қолмади: Ўзбекистон Кореяни ютиб, кейинги босқичга чиқди
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Fikrlar
Ilhom Suyunov
Ikrom Aliboyev
Lutfulla Toʻrayev
Rustam Qodirov
Sherzod Fayziyev
Rabim Hasanov
Doston Hamdamov
Sardor Raxmonov
Abbos Maxstaliyev....
Keyingi vaqtda sal eʼtibordan chtda qoldi. Eng tizimli maktab boʻlgan Respulikada
. “Yangiyer” futbol klubida Birodar Abduraimov va Gennadiy Krasniskiy, Igor Shkvirin, Roʻziqul Berdiyev kabi futbolimiz afsonalari va taniqli futbolchilar toʻp surgan.
Bular ham oddiy futbolchilarmi