Rasman: "Al Hilol" 70 millionlik transferni amalga oshirdi

25 iyul 2026, 01:36
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi niderlandiyalik qanot hujumchisi Krisensio Sammervill transferini rasman e'lon qildi.

24 yoshli futbolchi uchun saudiyaliklar bonuslar bilan birga 70 million evro to'lashga rozi bo'ldi. Shu tariqa Sammervill "Al Hilol" tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylandi.

Transfer amalga oshishidan avval futbolchiga "Liverpul", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Sammervil o'tgan mavsumda "Vest Xem" tarkibida APLning 31 o'yinida qatnashib, 6 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: alhilal.com