So’nggi yangiliklar

23:01"Мен Лео қолади деб кафолат бермаганман" — Лапорта Хавининг айбловларига жавоб қайтарди  2 22:30Неймар 2023 йилдан бери илк бор Бразилия терма жамоасининг кенгайтирилган таркибига киритилди  1 21:59Абдуқодир Ҳусановнинг трансфер нархи нега ошмади? Англиялик эксперт жавоб берди  6 21:23"Манчестер Сити" футболчиси 80 000 фунт жарима тўлайди  2 20:59Мбаппе "Реал" шифокорларига ишонмаяпти — у 3 ойдан бери жароҳат билан ўйнаб келган  9 20:41Осиё Кубогидаги шов-шув: Эрон терма жамоасининг 5 нафар футболчиси полиция ёрдамида қочиб кетди  12 20:04Маунт "Манчестер Юнайтед"даги келажаги бўйича бир қарорга келди  0 19:43Суперлиганинг 2-турида ҳакамлар бир нечта қўпол хатога йўл қўйди  12 19:31"Ливерпуль" раҳбарияти бош мураббийга шарт қўйди. Слотдан нималар талаб қилинмоқда?  7 19:03Хави "Барса"га қайтиши ҳақидаги миш-мишларга чек қўйди  2 18:35"Манчестер Юнайтед" Кварацхелияга қизиқмоқда, аммо футболчининг нархи трансфер имкониятини шубҳа остига қўймоқда  3 18:07"Тоттенхэм" Тудорни ишдан бўшатишга тайёр. Клуб аллақачон бош мураббийликка икки номзодни кўриб чиқмоқда  4 17:39"Барселона" ва "Манчестер Юнайтед" сенсацион алмашувни тайёрламоқда  11 17:11"Ливерпуль" футболчиси АПЛдаги рақобатчидан қизиқиш бўлганини тасдиқлади  1 16:43Суперлига. "Андижон" охирги бор "Нефтчи"ни Фарғонада қачон енгган?  20

Toshkent futboli - 100 yoshda Yangiliklar

Toshkent futboli - 100 yoshda

Teglar :  Toshkent futboli
Sir emaski, futbol mamlakatimizdagi eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda millionlar o'yiniga ilk qadamlar 1912 yilda Qo'qon shahrida tashlangan bo'lsa, bundan aniq 100 yil oldin Toshkentda ham futbol o'z kurtaklarini yoya boshlagan. Shu davr mobaynida, qolaversa, sobiq Ittifoq yillarida ham poytaxt o'zbek futbolining markazi bo'lib xizmat qildi. Toshkentning "Paxtakor" jamoasi esa Ittifoq mamlakatlari klublari orasida o'ziga xos obro'-etibor qozongan. Joriy yilda Toshkent futboliga bir asr to'lgani keng nishonlanmoqda.

Kecha Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod uyi"da Toshkent futbolining 100 yilligi hamda Toshkent futbol associaciyasining (TFA) yil yakunlari bo'yicha taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov, TFA birinchi vice-prezidenti Azamat Abduraimov, shuningdek, futbol faxriylari va fidoyilari — Axrol Inoyatov, Birodar Abduraimov, Ahmad Ubaydullaev, Gennadiy Denisov, Mustafo Bilolov, Rauf Inileev, Mirzahakim To'xtamirzaev, Nodirxo'ja Yuldashev mehmon sifatida ishtirok etdi

— Avvalo, barchani Toshkent shahri futboli yuz yillik yubileyi bilan tabriklaymiz. Toshkent azaldan respublikamizda futbolchilarni etishtirib chiqarishda etakchi shahar bo'lib kelgan. Milliy terma jamoamiz hamda "Paxtakor" klubiga qanchadan-qancha yulduz futbolchilarni taqdim etgan. Hurmatli Prezidentimizning futbolga bo'lgan yuksak etibori tufayli terma jamoalarimiz tizimli ravishda musobaqalarga tayyorgarlik ko'rmoqda, Osiyo chempionatlarida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritmoqda. So'nggi yillarda esa milliy jamoamiz Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib, 34 yillik orzusini ro'yobga chiqardi, — dedi O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov.

O'tgan mavsum "Bunyodkor" akademiyasi uchun ham sermahsul keldi. Akademiyaning turli yosh toifalaridagi jamoalari shahar chempionatida g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Akademiya direktori Shavkat Saidov bu borada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Toshkent futbolining yuz yilligi munosabati bilan o'tkazilgan taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Mavsum haqida gapiradigan bo'lsam, akademiyamiz "Bunyodkor" klubi qoshidagi filialga aylantirildi. Tizim o'zgartirildi, ammo asosiy vazifamiz terma jamoalarga sifatli futbolchilarni etkazib berish bo'lib qoldi. Tizim o'zgargach, bir oiladek ahil muhit yarata oldik. "Bunyodkor" O'zbekistondagi etakchi klublardan biri hisoblanadi. Mavsum davomida ko'plab o'yinlarni shaxsan o'zim kuzatdim. O'FA akademiyalari faoliyati ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Joriy yil hisobidan akademiyamizda 1,5–2 ming nafarga yaqin bola muntazam shug'ullandi. "Bunyodkor"ning bugungi yutuqlari zamirida ahil jamoa bo'la olganimiz, tizimning samarali ishlagani, aniq talab va dasturlar, shuningdek, murabbiylarimizning vijdonan mehnati yotadi, — dedi Shavkat Saidov.


Miraziz Mirzaahmedov boshchiligidagi "Bunyodkor–2011" jamoasi uchun ham o'tgan yil yutuqlarga boy bo'ldi. «Qaldirg'ochlar» qator xalqaro musobaqalarda va ichki turnirlarda barqaror yuqori o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'ldi.

— O'tgan mavsum 2011 yilda tug'ilgan yosh jamoamiz uchun juda samarali o'tdi, deya ayta olaman. Ilk sovrinimizni Qozog'istonda turkiy davlatlar jamoalari o'rtasidagi musobaqada qo'lga kiritdik. Xitoyda o'tkazilgan turnirda ham jamoamiz yaxshi taassurot qoldirib, uchinchi o'rinni egalladi. Respublika va shahar chempionatlarida ham o'zimizni munosib ko'rsata oldik. Statistikaga nazar tashlasak, 26 ta o'yindan faqat bittasida mag'lub bo'ldik, — dedi Miraziz Mirzaahmedov.

Tadbir yakunida Toshkent futboli taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan murabbiylar, futbol mutaxassislari, hakamlar hamda yoshlar futboli rivojiga hissa qo'shib kelayotgan tashkilot va shaxslar maxsus sovrin va esdalik tuhfalari bilan taqdirlandi. Faxriylarga ko'rsatilgan etibor, yosh avlod vakillariga bildirilgan ishonch marosimga o'zgacha mazmun bag'ishladi. Bu lahzalar tadbir ishtirokchilarida katta hayajon uyg'otdi.

Aytib o'tish joiz, bugungi kunda Toshkent shahri nafaqat professional futbol, balki bolalar-o'smirlar futboli bo'yicha ham mamlakatda etakchi o'rinni egallab kelmoqda. Poytaxtdagi akademiyalar, xususiy futbol maktablari va sport muassasalari orqali minglab iqtidorli yoshlar futbol sirlarini o'zlashtirmoqda. Ushbu tizim esa kelajakda milliy terma jamoalar uchun mustahkam poydevor vazifasini o'tab beradi.

Toshkent futbolining 100 yillik tarixi — bu nafaqat sanalar va natijalar, balki minglab taqdirlar, mehnat, sabr va fidoyilik timsolidir. Bir asrlik yo'l davomida poytaxt futboli o'z maktabini yaratdi, o'z uslubini shakllantirdi va hali oldinda uni yangi zafarlar, yangi yutuqlar kutmoqda.

Yubiley tadbirining o'tkazilishi esa o'tmishga hurmat, bugungi kunga baho va kelajakka ishonch sifatida tarixda qolishi shubhasiz.

Marosimdan suratlarni to'liq holda saytimizning maxsus bo'limida ko'rishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +4   

Fikrlar

   
15 dek 22:13:15
dessi anvar
ўзбек футболига ҳали 100 йил бўмади , қўқон маълумоти ҳам тошкент маълумоти ҳам нотўғри , бизда футбол 2- жаҳон урушидан кейин ривожланган
   
15 dek 17:07:02
Leader RM
1925 йил нима клуб очилган
-1   
15 dek 15:42:28
FK Barselona
Toshkent? Tanish suz
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика