"Xorazm" futzal klubi tashkil etildi
09 dek 2025 19:41
Yangiliklar
"So'nggi yillarda viloyatimizda futbol va futzal sport turlariga qaratilayotgan etibor sezilarli darajada oshdi. Ikkinchi liga musobaqalari ham muntazam ravishda yuqori saviyada, raqobatbardosh tarzda o'tkazib kelinayotgani buning yaqqol isbotidir.
Yangi tashkil etilgan futzal jamoasi tarkibi asosan Xorazm viloyatining iqtidorli va istiqbolli yosh futbolchilaridan shakllantirilgan. Jamoa qisqa vaqt ichida o'z o'yin uslubi, intizomi va salohiyati bilan etibor qozonmoqda.


Bosh murabbiy: Respublika miqyosida tanilgan va tajribali mutaxassis Furqat Xayrullaev.
Bosh direktor: Mirjalol Qurbonov. U yaqin o'tmishda Xorazm futbol jamoatchiligi orasida hurmat qozongan, yorqin o'yinlari bilan tanilgan sportchi hisoblanadi.
"Xorazm" futzal klubi hozirda Jizzax shahrida O'zbekiston Birinchi ligasi bahslariga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Birinchi liga musobaqalarining 1-tur o'yinlari 11–14 dekabr kunlari Jizzax shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar