So’nggi yangiliklar

22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  0 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  6 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  2 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  5 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  18 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 6-turida 120 ta gol urildi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 6-turida 120 ta gol urildi

5-10 dekabr kunlari Jizzax viloyatida futzal bo'yicha O'zbekiston oliy ligasining 6-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

6-turda jamoalar 18 ta uchrashuv o'tkazishdi. Mazkur uchrashuvlarda darvozalarga 120 ta gol kiritildi. O'rtacha har bitta uchrashuvda muxlislar 6,66 tadan gol ko'rishdi. Sermahsullik borasida bu tur 5-turga yaqinroq, ammo avvalgilariga qaraganda biroz pastroq bo'ldi. Qiyoslash uchun eng sermahsuli bo'lgan 4-turda ishqibozlar har bitta o'yinda o'rtacha 7,25 tadan gol ko'rishgandi.


6-turda biryo'la to'rtta jamoa – “BMB PFC”, OKMK, “Nasaf” hamda “Lokomotiv” yuz foizlik natija bilan tugatdi: uchta o'yin, uchta g'alaba.


6-turda to'rtta jamoa – “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Surxon” hamda “Qizilqum” bironta ham ochko jamg'ara olishmadi – uchta o'yin, uchta mag'lubiyat.


Turning eng sermahsul jamoasi – “Nasaf” bo'ldi – 21 ta gol. Keyingi ko'rsatkichlar BMB hamda “Lokomotiv” ga tegishli bo'ldi – 16 tadan gol;


Turda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa “Surxon” bo'ldi – 21 ta gol. “Qizilqum” hamda “Bunyodkor” posbonlari o'z darvozalaridan 14 tadan to'p olib chiqishdi;


Turda eng kam gol o'tkazgan jamoalar –  BMB va “Lokomotiv” bo'lishdi – 5 tadan. OKMK esa o'z darvozasidan 6 ta to'p  olib chiqdi;


Eng kam gol urgan jamoa – “Qizilqum” bo'ldi – 4 ta gol;


Eng yirik hisoblar “BMB PFC” – “Surxon” – 9:3, “Nasaf” – “Bunyodkor” – 7:2, “Nasaf” – “Oil Star” – 7:3, “Nasaf” – “Maksam-Chirchiq” – 7:3  uchrashuvlarida qayd etildi;


Eng sermahsul o'yinlar: “BMB PFC” – “Surxon” – 9:3, “Surxon” – “Lokomotiv” – 4:7;


Eng kam gol urilgan o'yin: OKMK – “Neftchi” – 1:0;



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика