Bobir Abdixoliqov: "Birinchi bo'limda imkoniyatlardan foydalana olmadik"
17 iyu 2023 23:46
Yangiliklar


Bobir Abdixoliqov: "Birinchi bo'limda imkoniyatlardan foydalana olmadik"
O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan (5:1) so'ng Bobir Abdixoliqov ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.
Bobir Abdixoliqov: "O'yin boshida o'tkazib yuborilgan goldan so'ng vaziyatni tezda o'nglashimiz mumkin edi, ammo birinchi bo'limda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda esa aksincha bo'ldi".
- Turkmaniston bilan bahsdan so'ng futbolchilar biroz bo'shashgandek ko'rindi?
- O'yin starti doimo qiyin bo'ladi, balki biroz bo'shashgandirmiz, asosiysi hammasi yaxshi tugadi.
- Eronga qarshi bo'ladigan bahs haqida fikringiz?
- Eron Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri, qiziq o'yin bo'lishi aniq.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar