So’nggi yangiliklar

13:05"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:50Музаффар Олимжонов: "Мазкур ўйиндаги ғалаба билан барча айбимизни ювдик деб ўйлайман"  0 12:23Ислом Тўхтахўжаев: "Барча ўйинда камбэк амалга ошириб бўлмайди. Чемпионлик учун 4-5 жамоа кураш олиб боради"  1 12:08Ҳамидулло Абдунабиев: Шуни унутмаслик керакки, биз мусобақа пешқадамига қарши майдонга чиққан эдик"   1 11:49Миржамол Қосимов: "Ўтган мавсум давомида ҳам ҳеч ким бизни чемпионликка даъвогарлар сафида тилга олишмаганди"  2 11:26Темурхўжа Абдухолиқов: "Иккита дурангни муваффақиятсизлик дейиш бизни хурсанд қиляпти, сабаби..."  2 11:09Моуриньо "Фенербахче"да Кьезани кўрмоқчи  0 10:44Таҳлил. Қосимов ғалаба учун ҳамма нарса қилди, Зейтуллаев янги "Бунёдкор"ни қуряпти  4 10:40«Қўқон-1912» легионери:« Бу лаҳзани анчадан бери кутгандим»  0 10:07«Реал Мадрид»нинг янги бош мураббийи деярли аниқ  26 09:38«Арсенал»нинг икки футболчиси ПСЖга қарши учрашувдан аввал жароҳатдан қайтди  8 09:10«Рома»нинг шорт-листида 4 нафар мураббий бор  7 08:40Мессининг «Барселона»га қайтмаслигининг сабаби маълум  17 08:12Фабрицио Романо Анчелоттининг келажаги ҳақида фикр билдирди  1 07:44Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур давом эттирилади  0

Bir o'yin tarixi. "Neftchi" - "Saut CHayna" 5:4. Berdievning pokeri va Farg'onadagi stadion yongan oqshom Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. "Neftchi" - "Saut CHayna" 5:4. Berdievning pokeri va Farg'onadagi stadion yongan oqshom

Teglar :  Saut CHayna Neftchi
"Neftchi" jamoasining bugungi kunda qayd etayotgan natijalari havas qilarli darajada emas.

SHu kunlarda futbol jamoatchiligi Yuriy Sarkisyan davridagi ajoyib onlarni ko'p va xo'p yodga olishayotgan bo'lishsa ajab .emas. O'z vaqtida xalqaro maydonlarda ishtirok etgan mazkur jamoaning ayni paytda so'nggi o'rinlarda yurishi achinarli albatta. Bir o'yin tarixi rukni orqali 2009 yil OFK kubogi 1/4 final doirasida Gongkongning "Saut CHayna" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvga to'xtalishni lozim, deb topdik. Umumiy hisobda 9ta gol urilgan bahs yakunida Farg'ona shahri klubi 5:4 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. Anvar Berdiev shu kuni poker qayd etgan bo'lsa, yana bir golga jamoa sardori Mansurjon Saidov mualliflik qilgan. 

 "A" guruhida "Busaytin" (Bahrayn), "Al Ahad" (Livan) va "Al Tilol" (Yaman) klublari bilan kurash olib boradi. Farg'onaliklar 6ta o'yindan 11 ochko to'plab "Busaytin" (12 ochko) bilan birga keyingi bosqichga chiqishadi. Nimchorak final bahslari o'sha paytda bitta o'yindan iborat bo'lardi. "Neftchi" guruhda ikkinchi bo'lgani uchun "E" guruhida birinchi o'rinni olgan Suriyaning "Al Majid" klubi mehmoni bo'lgan. 26 may oqshomida bo'lib o'tgan bahsning asosiy hamda qo'shimcha taymlarida jamoalar gol ura olishmaydi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlanishi kerak.

Futbol lotoreyasida "Neftchi" posboni Yuriy Coy raqibning ikki zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'lib qahramonga aylangan. Farg'onaliklar penaltilar seriyasida 3:1 hisobida zafar quchib chorak finalga chiqishgandi. "Saut CHayna" ilk o'yinda taslim qilinganiga qaramasdan javob bahsida safarda 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi. Safarda urilgan gol qoidasiga ko'ra gonkongliklar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

OFK kubogi-2009. 1/4 final

"Neftchi" - "Saut CHayna" 5:4

Gollar: Mansurjon Saidov 5, Ambassa Gerard 32, Anvar Berdiev 33, Ramon 36, Kvok Kin Rong 40, Anvar Berdiev 44, Anvar Berdiev 80, Leandro Karrio 85, Anvar Berdiev (pen) 90

"Neftchi": 16. Yuriy Coy, 4. Maksim Usmonov, 7. Mansurjon Saidov, 10. Anvar Berdiev, 11. Aziz Alijonov, 19. SHerzod Hakimov, 22. Iqboljon Akramov, 24. Asqarjon Muhiddinov, 25. Azizjon Ibragimov, 26. Alisher Holiqov, 29. Vladimir Radkevich

Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan



 UCHRASHUV VIDEOSINI QUYIDAGI HAVOLADA HAM KO'RISHINGIZ MUMKIN>>>>>>> RETRO FUTBOL

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика