So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Vitaliy Levchenko: "Raqib bizni mag'lub etgani yo'q, biz o'zimiz o'yinni yutqazib qo'ydik..." Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Raqib bizni mag'lub etgani yo'q, biz o'zimiz o'yinni yutqazib qo'ydik..."

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bir nima deyish qiyin. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman, ular g'alabaga loyiq edi. Raqib bizni mag'lub etgani yo'q, biz o'zimiz o'yinni yutqazib qo'ydik, sababi dastlabki goldan tashqari qolgan barcha uchta gol o'zimizning xatolarimiz tufayli bo'ldi. To'pni yo'qotish va noto'g'ri paslar. Raqib tartibli o'ynadi va xatolarni kutdi. Afsuski, biz ko'p marotaba to'plarni yo'qotdik va raqib ushbu yo'qotishlardan unumli foydalandi va gollar urdi. Biz "Paxtakor"ning bunday tartibli o'yiniga tayyor emas edik" - deya fikr bildirdi Vitaliy Levchenko bugungi bahs haqida.

- Birinchi bo'limda "Neftchi" "shok" holatiga tushib qoldi. Futbolchilarni almashtirish orqali ushbu vaziyatdan chiqish ketish bo'yicha chora ko'rishingiz mumkin edimi?

- Birinchi taymning o'zidayoq bunday qaror qabul qilish noto'g'ri bo'lardi, menimcha. Biz bugun futbol o'ynamoqchi edik. Maydon markazida xatolarga yo'l qo'ydik va raqib bundan foydalandi. Biz raqibga bo'shliqlarni taqdim etdik. O'yin davomida futbolchilarni o'zgartirish ruhiy jihatdan noto'g'ri bo'lar edi. Tanaffusda esa qilgan xatolarimizga to'xtalib o'tdik va yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. Yigitlarga ochiq zonalarni yopish kerakligini aytdim. Tanaffusdan keyin esa "Paxtakor" hisob bo'yicha o'ynadi va o'yin mantiqiy yakuniga etdi. O'z xatolarimizni ko'rib chiqamiz va xulosaga kelamiz. Vaziyatni o'nglab olish va xulosa qilish uchun, bir marotaba 0:4 yoki 0:5 hisobida mag'lub bo'lgan yaxshi. Umid qilamanki, biz xatolarimizdan xulosa chiqaramiz.

- Darvozabon raqib yo'llagan zarbalarni bartaraf etishi mumkin edimi?

- Bizda darvozabonlar bo'yicha murabbiy bor. Men aybni hech kimga yuklab qo'ymoqchi emasman. Barchasi uchun bosh murabbiy javobgar. Hozir barchasini tahlil qilib chiqishimiz kerak, kimdirga etiroz bildirish yoki xato qilganlikda ayblash noto'g'ri. Hissiyotlarga berilgan vaziyatda bunday qilib bo'lmaydi. Muxlislarimizdan uzr so'rayman, ular jamoani yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. 


Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика