So’nggi yangiliklar

14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  0 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   3 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  5 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  13 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  4 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1

Bintsiz tez yordam, qulflanib qolgan eshik, kechikkan suhandon - PFL 3 klubga jarima soldi Yangiliklar

Bintsiz tez yordam, qulflanib qolgan eshik, kechikkan suhandon - PFL 3 klubga jarima soldi

O'zPFL Superliganing 6-turidan keyin "Buxoro", "Surxon", "Neftchi" klublarini jarimaga soldi.

Xorazm 0:0 Bunyodkor 

Har ikki klub vakillari Countdownga amal qilmagani qayd etilgan. Komissar bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarini 3 daqiqa kech yakunlagan. Shuningdek, tomonlarning U21 jamoalari ishtirokidagi uchrashuvga 2 daqiqa vaqt qolganidagina xorazmlik futbolchilar kiyim almashtirish xonasidan chiqib kelgan. Oqibatda uchrashuv 4 daqiqa kech boshlangan. 

Asosiy tarkib o'yinida kechikish kuzatilmagani sabab Liga har ikki klubni rasman ogohlantiradi. Komissarning reglament asosidagi talabi kelgusi turda ham paysalga solinsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. 

Qizilqum 1:0 Qo'qon-1912

Komissar bildirgisida Dinamo stadioni personalida hozirga qadar tegishli akkreditaciyalar mavjud emasligi qayd etilgan. Bu o'z navbatida texnik hudud va uning atrofida faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan ishlashda komissar ishiga halal bergan. 

Qizilqum klubi Dinamo stadionidan ijara asosida foydalanib kelayotgan bo'lib, klub 4-may kuni Navoiy shahriga qaytadi. Mavjud holatni inobatga olib, Liga Qizilqum klubini rasman ogohlantiradi. Garchi klub o'z uy uchrashuvlarini safarda o'tkazgan bo'lsa-da, rasmiylar mezbonlik bilan bog'liq majburiyatlarni his qilishi va ularga to'liq amal qilishi shart. Navoiydagi o'yinda shu kabi holat kuzatilsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. 

Dinamo stadioni xodimlari bilan esa Dinamo klubi vakillari ishlashi shart. Dinamo klubining kelgusi uy uchrashuvida stadion xodimlari Liga talab qilgan ko'rinishda akkreditaciya bilan taminlanmagan bo'lsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi.

Buxoro 1:3 Nasaf 

Tez tibbiy yordam mashinasi stadionga o'z vaqtida etib kelmasligi oqibatida uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangan va mazkur holat jonli efirga o'z tasirini ko'rsatgan. 

Shuningdek, stadion suxandoni kechikishi oqibatida, u bilan bog'liq bo'lgan barcha masalada kechikish kuzatilgan. Reglamentning 16.35-bandi esa etiborsiz qoldirilgan. 

Mikst-zona tartibga solinmagan, klub matbuot xizmati mazkur masalaga etarlicha etibor qaratmagan. 

Reglamentning 15.14-bandini buzish orqali to'p olib beruvchi bolalarga nisbatan hurmatsizlikka yo'l qo'yilgan. 

Komissar xonasida internet ishlamagan. Qo'shimchasiga, printer mavjud bo'lmagan. 

Buxoro futbol klubi mezbonlik bilan bog'liq talablarga nisbatan loqayd munosabatda bo'lgani uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. 

Neftchi 0:4 Paxtakor 

Uchrashuv davomida na komissar xonasi va darvoza ortida joylashgan fotograflar nuqtasida internet ishlagan. 

Jamoaviy suratga tushish uchun Liga homiysining 2025-yilgi mavsum uchun ishlangan konstrukciyasi emas, 2024-yilgi mavsumdagisi olib chiqilgan. Bunga sabab sifatida stadionning yangi konstrukciya turgan xonasi qulflanib qolgani ko'rsatilgan. 

Liganing shartnomaviy majburiyatlari bo'yicha talabiga loqayd munosabatda bo'lgani uchun Neftchi futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. 

Surxon 1:0 Navbahor 

Hakamlar joy olgan mashina tushunarsiz sabablarga ko'ra stadion hududiga 15 daqiqa davomida kiritilmagan. Xavfsizlik uchun javobgar organlar bilan lozim darajada ish olib borilmaganidan kelib chiqib, Surxon futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. 

Andijon 1:2 Dinamo 

Uchrashuvning 74-daqiqasida mehmon jamoa futbolchisiga tez tibbiy yordam ko'rsatilishi zarurati vujudga keldi. Komissar bildigisida qayd etilishicha, tez tibbiy yordam mashinasida bint, qaychi va kerakli dori vositalari bo'lmagan, oqibatda futbolchiga etarlicha yordam ko'rsatilmagan. Liga Andijon viloyati rasmiylaridan tez tibbiy yordam mashinasi futbol uchrashuviga rasmiyatchilik uchun emas, chindan ham jarohatlangan futbolchiga birinchi yordamni ko'rsatish uchun kelishi masalasini eslatib o'tishni lozim topadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика