O'zbekiston kubogi. "B" guruhida birinchi kun ortda qoldi - "Oil Star" ham pley-offda
24 apr 19:06
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi. "B" guruhida birinchi kun ortda qoldi - "Oil Star" ham pley-offda
Xabaringiz bor, shu kunlarda Jizzax shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun "B" guruhida ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tdi, deb xabar beradi O'zbekiston futzal federaciyasi matbuot xizmati. Dastlabki bellashuvda "Oil Star" hamda "Neftchi" jamoalari o'zaro ro'baro keldi va buxoroliklar ishonchli g'alabaga erishishdi — 4:0.

Kunning ikkinchi uchrashuvida "Bunyodkor" va Maksam-Chirchiq" kim kuchliroq ekanligini aniqlay olishmadi — 1:1.

Bugungi uchrashuvlardan keyin musobaqa jadvalida jiddiy o'zgarish yuz bermadi. Faqatgina "Oil Star" navbatdagi g'alabadan keyin raqiblari bilan farqni yiriklashtirib, keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Ikkinchi o'rin uchun esa qolgan jamoalarning barchasida nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib qolmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar