Rasman: "Navbahor" Abdurahmonov transferini elon qildi
08 jan 15:30
Yangiliklar
Rasman: "Navbahor" Abdurahmonov transferini elon qildi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Tajribali yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Shohruh Abdurahmonov – 1999 yil, 8 mart kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida tug'ilgan.

Faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand, 2019-2021 yillar, 2022 yilning 2-davrasi), Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk, 2022 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2023 yil), “So'g'diyona” (Jizzax, 2024-2025 yillar) jamoalarida o'ynagan.
Bundan tashqari, Shohruhbek Abdurahmonov 2019-yili O'zbekiston U-23 tarkibida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Yakunlangan mavsumda “So'g'diyona” tarkibida Superliga va O'zbekiston Kubogi bahslarida jami 17 ta o'yinda maydonga tushib, 931 daqiqa o'ynab, 2 ta gol urdi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida uning "Navbahor"ga o'tganini malum qilgan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar